Ushbu maktabning o‘qituvchi va o‘quvchilardan iborat jamoasi joriy yilning may-avgust oylarida shakllantirildi. Joriy yil maktabda 144 nafar o‘quvchi tahsil olishni boshladi. Kelgusi yildan beshinchi sinflarga yana 24 nafar o‘quvchi qabul qilinib, umumiy 168 nafar o‘g‘il-qizlar ta’lim olishadi. Ularga ko‘p bosqichli sinovlar asosida saralab olingan 21 nafar mahalliy hamda 11 nafar xorijlik o‘qituvchi ta’lim beradi. Darslar har bir fan tasnifiga qarab jihozlangan sinfxonalarida Kembrij o‘quv dasturi asosida o‘tiladi.
Muhtasham maskan Guliston shahrining markazida joylashgan. Ikki gektar maydonni egallagan maktab qurilishida ilg‘or arxitektura texnologiyalaridan foydalanilgan. Binoni pardozlash ishlarida qo‘llanilgan bo‘yoqlar rangi bolalarga ruhiy tetiklik, keyingi mashg‘ulotlarga motivatsiya bersa, qurilish materiallari tarkibi qishning sovug‘i va yozning jaziramasidan himoya qilish xususiyatlariga ega.
Tadbirda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev so‘zga chiqib, muhtaram Prezidentimizning ta’lim tizimida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ma’nan yetuk va intellektual jihatdan barkamol avlodni shakllantirish borasidagi fidoyiliklari xususida atroflicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
–Yurtimizda “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” g‘oyasi ostida olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda, –dedi viloyat hokimi. –Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan ta’lim sohasida yangi tizimning joriy etilishi, o‘g‘il-qizlarimizga yanada izlanishga, chuqur bilim olishga turtki bo‘lsa, siz-u bizga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlardan to‘g‘ri foydalanib, bor e’tiborimizni yosh avlodning barkamol, har tomonlama yetuk, vataniga sodiq komil inson etib tarbiyalashga qaratishni taqozo etadi. Taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” degan chuqur ma’noli so‘zlari barchamizga bosh shiorga aylanishi lozim.
Prezident maktabining ochilish marosimida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining rahbari Hilola Umarova ishtirok etib, maktab jamoasi va o‘quvchilarni tabrikladi.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi