Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +6.3C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda “Besh tashabbus” festivali g‘oliblari bir milliard so‘mlik robototexnika, musiqa va sport anjomlari bilan taqdirlandi
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan besh muhim tashabbus kelajagimiz egalarini har jihatdan yetuk, ertangi kunga munosib kamol topishlariga qanot bag‘ishlab, ularni barkamollik yo‘lida yuksak marralar sari ruhlantirmoqda.

Viloyatda “Beshta muhim tashabbus” doirasida bir qator ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Ularda viloyatdagi 318 ta ta’lim muassasalarining 15 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 240 nafar o‘quvchi muvaffaqiyat qozondi.

Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatri binosida “Besh tashabbus” festivalida o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan maktablarni taqdirlashga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tantanada ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Nosirov barcha ishtirokchilarni muvaffaqiyat bilan qutlab, yanada zafarli marralarni zabt etishga chorladilar.

Gʻolib maktab jamoalarga diplom, sertifikat va qimmatbaho mukofotlar taqdim etildi. Tanlov yana shunisi bilan yuksak ahamiyat kasb etdiki, mazkur jarayonlarda faol qatnashib, yuqori natijalarni ko‘rsatgan maktablarga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 1 milliard so‘mlik robototexnika, musiqa va sport jihozlari sovg‘a qilindi.

Jarayonda ishtirokchi va mehmonlar tantana munosabati bilan tashkil etilgan ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazmadan joy olgan ijodiy ishlar, o‘quvchilar va ilm dargohlari jamoalarining izlanishlari mahsuli, axborot texnologiyalari va ularning ish samaradorligi bilan bog‘liq vositalar barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. O‘quvchi-yoshlar ishtirokidagi chiqishlar, ular ijro etgan kuy-qo‘shiqlar va raqslar taqdirlash marosimiga yanada tantanavorlik bag‘ishladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish