Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo viloyati hokimi ochiq muloqot asnosida aholiga murojaat ham qildi
Mamlakatimizda aholi salomatligini asrash va ularga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi so‘nggi vaqtlarda dolzarb va kechiktirib bo‘lmas masalalar sirasiga kirib, tizimda uzoq yillardan buyon yig‘ilib qolgan muammolar izchil bartaraf etilayapti. Shu bois ham tibbiyotni yanada rivojlantirish, tizimga zamonaviy texnologiyalarni olib kirish, umuman, sohani tubdan isloh qilish bilan bir qatorda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bu boradagi muammolarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Sirdaryo viloyat xokimi Gʻofurjon Mirzayev Yangiyer shahrida joylashgan, Kasaba uyushmalari federasiyasiga qarashli Yangiyer sihatgohida fuqarolar uchun tibbiyot sohasiga oid bo‘lgan masalalar bo‘yicha ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Yangiyer shahri va Xovos tumani aholisi hamda jurnalistlar ishtirok etgan ochiq muloqotda, dastlab, viloyat hokimi aholi salomatligini asrash, ularga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha murojaat qildi.

–Yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida tizimda ko‘plab o‘zgarishlar va yangiliklar joriy etilmoqda, –dedi viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev. –Endilikda yana bir muhim vazifa – fuqarolarimizni zararli odatlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitasiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, umuman, sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish  bilan birga ba’zi tibbiyot muassasalaridagi ayrim shifokorlar, soha xodimlarining muomala madaniyatini oshirishga erishishimiz lozim. Axir, har qanday bemor xushmuomalalik, shirinso‘z bilan kutib olinsa, avvalo, uning kayfiyati ko‘tariladi va albatta dardi yengillashadi. 

Shuningdek, Gʻofurjon Mirzayev viloyatda tibbiyot sohasini jamoatchilik nazorati ostida yaxshilash, tibbiy xizmatni rivojlantirish, sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida aholining taklif va istaklarini, tizimda turli byurokratik to‘siqlarga duch kelgan taqdirda murojaat yo‘llashlari uchun telegram raqamini barchaga e’lon qildi.

Ochiq muloqotda ishtirok etgan fuqarolar o‘zlarini va yaqinlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Murojaatchilarning asosiy qismi yurak qon tomir, buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq xastaliklar, endokrin, ko‘z va ginekologik kabi kasalliklardan aziyat chekayotgan, davolanish uchun order va amaliy yordam berishlarini so‘ragan bo‘lsa, uch nafar fuqaro uy-joy masalasida murojaat etdi.

Sog‘liklarini tiklash bo‘yicha qilingan murojaatlarga shu yerning o‘zida yechim topildi. Ularning aksariyati shu bugunning o‘zida viloyatdagi shifoxonalarga yotqizildi. Qolganlari tibbiyot muassasalariga imkoniyatlariga qarab murojaat etishlari, ularga amaliy yordam ko‘rsatilishi, qolaversa, har biridan hokimning o‘zi shaxsan xabar olishi ma’lum qilindi.

Murojaatlar atroflicha o‘rganib, imkon qadar tezlikda yordam berishi kerakligi to‘g‘risida qabul jarayonida ishtirok etgan Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash muassasalari rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish