Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +8.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda kelgusi yil hosili uchun 4 ming 965 tonna urug‘lik chigit jamg‘arilgan

 Respublikamizda, qolaversa, Sirdaryo viloyatida ham paxta yetishtiruvchi sub’yektlarni ertapishar, serhosil, navdorligi yuqori, genetik jihatdan sof, kasallik va zararkunandalarga chidamli, tola sifati Davlat standart talablariga javob bera oladigan istiqbolli navlar bilan ta’minlash, hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish va undan yuqori hosil olish borasida muhim qadamlar tashlandi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zagroinspeksiya” uning hududiy boshqarmalari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Urug‘lik paxtalarni navlar kesimida jamg‘arilishi va standart talablari asosida saqlanishi ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yishgani yutuqlarning bosh omili bo‘lmoqda.

“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan “Sirdaryo viloyatida 2022 yil hosili uchun urug‘lik chigitlarni navlar kesimida jamg‘arilishi va standart talablari asosida saqlanishi” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Press-tur ishtirokchilari dastlab, Guliston tumanidagi “Guliston sayqal hamkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli paxta to‘qimachilik klasterining paxta punktida bo‘lishib, 2021 yil hosilidan jamg‘arilgan 978 tonna, ertapishar “Sulton” navli urug‘lik paxta xomashyosini saqlash, undan ajratib olinishi ko‘zda tutilgan urug‘lik chigit sifati bilan bog‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdi.

–Yurtimizda paxta xomashyosi yetishtirishning klaster tizimiga o‘tganligi, qisqa vaqt ichida paxtachilikda keskin o‘zgarishlar qilishga zamin yaratdi, –deydi  “O‘zagroinspeksiya”ning  “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va ta’minotini nazorat qilish” bo‘limi bosh inspektori Bahodir Begimqulov. –Sirdaryoda 2021 yil hosilidan 5 ta paxta-to‘qimachilik klasterlariga qarashli urug‘lik paxta qabul qilish korxonalari va 4 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 4 ming 965 tonna urug‘lik paxta xomashyosi jamg‘arildi. Ushbu urug‘lik paxtaning 4 ming 493 tonnasi asosiy, 472 tonnasi zaxira fondiga qabul qilindi. Qabul qilingan urug‘lik paxta xom ashyosining 4 ming 740 tonnasi paxta-to‘qimachilik klaster korxonalarida, 225 tonnasi elita urug‘chilik xo‘jaliklarida saqlanmoqda. Buni navlar kesimida aytadigan bo‘lsak, Sirdaryo viloyati uchun davlat reyestriga kiritilgan “S-6524” navi 1 ming 21 tonna, “Sulton” navi 3 ming 266 tonna, “An-Boyovut-2” navi 199 tonna, “Buxoro-102” navi 478 tonnani tashkil qiladi.

Shundan so‘ng, Press-tur ishtirokchilari korxonadagi paxta bunti, uni saqlash jarayonlari, paxta xomashyosidan ajratib olinayotgan urug‘lik chigit, uni sifat ko‘rsatkichini nazorat qilib boruvchi laboratoriya faoliyati bilan tanishtirildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga soha xodimlari batafsil javob berishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish