Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +8.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda joriy mavsum 97 ming 600 gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshiriladi

Mo‘l hosil yetishtirishda kuzgi shudgorning ahamiyati katta. Ota-bobolarimiz “Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda”, deb bekorga aytmagan. Zero, sifatli o‘tkazilgan kuzgi shudgor kelgusi yil hosiliga puxta zamin yaratadi. Yerlarni sifatli va yuqori unum bilan shudgorlashga erishish uchun traktor, pluglar oldindan ishga shay holga keltirilishi va sozlanishi, dalalar esa haydovga tayyorlangan bo‘lishi, haydov to‘g‘ri tashkil etilishi hamda uning sifati doimiy nazorat ostida bo‘lishi lozim.

Viloyatda 2022 yil hosili uchun paxtachilik yo‘nalishdagi 9 ta klaster va 1522 ta fermer xo‘jaliklaridagi 97 ming 600 gektar yer maydonida kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Sardoba tumanida 11 ming 500 gektar, Xovos tumanida 12 ming gektar, Boyovut tumanida 13 ming 500 gektar, Sayxunobod tumanida 13 ming gektar, Oqoltin tumanida 16 ming gektar, Sirdaryo tumanida 11 ming gektar, Guliston tumanida 10 ming 600 gektar va Mirzaobod tumanida 10 ming gektar yer maydonida kuzgi shudgorlash ishlari olib boriladi. 

–Bu agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun 160 ta otryad tuzilib, 356 ta haydov traktorlari va 356 pluglar texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, mavsumga shay qilib qo‘yilgan, –deydi “O‘zagroinspeksiya” Sirdaryo viloyat boshqarmasining “Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish” bo‘limi katta inspektori Abdulatif Qosimov. –Mazkur texnikalarning 46 tasi Boyovut tumaniga, 33 tasi Guliston tumaniga, 40 tasi Mirzaobod tumaniga, 63 tasi Oqoltin tumaniga jalb qilingan. Sardoba tumanida 39 ta, Sayxunobod tumanida 53 ta, Sirdaryo tumanida 56 ta va Xovos tumanida 26 ta xaydov tarktorlari shudgorlashda ishtirok etmoqda. 

Bugungi kunda 233 ta xaydov tarktorlari bilan bir kunda 1 ming 908 gektar, mavsum boshidan esa 15 ming 904 gektar yer maydoni sifatli shudgorlandi. Xususan, Sardoba tumanida 1 ming 955 gektar, Xovosda 1 ming 813 gektar, Boyovutda 1 ming 894 gektar, Sayxunobodda 1 ming 904 gektar, Oqoltinda 3 ming 50 gektar, Sirdaryoda 1 ming 696 gektar, Gulistonda 1 ming 694 gektar va Mirzaobod tumanida 1 ming 898 gektar yer maydonlarida shudgorlash ishlari yakunlangan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish