Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoning 4 ta hududida “Yangi O‘zbekiston” massivi quriladi

Muhtaram Prezidentimiz raisligida 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish masalalari muhokama qilinib, respublikaning har bir hududida “Yangi O‘zbekiston” massivlari bunyod etish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan edi.

Guliston tumanining "Dehqonobod" MFY hududida qurilishi rejalashtirilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi loyihasi

Sirdaryo viloyatining 4 ta hududi – Guliston, Yangiyer shaharlari hamda Sirdaryo, Guliston tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etilishi belgilangan. Mazkur massivlarning bosh rejasiga asosan jami 234 ta 5 va 7 qavatli 8 508 xonadonli turar joylar quriladi. Buning natijasida 10 mingga yaqin oila uy-joy bilan ta’minlanadi.

Guliston shahrining "Yangi hayot" MFY hududida qurilishi rejalashtirilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi loyihasi

Massivlar hududida 27 km ichki yo‘llar, 32 km oqava suv tarmog‘i, 26 km ichimlik suvi, 25 km tabiiy gaz, 30 km elektr tarmoqlari o‘tkaziladi. 1400 o‘ringa ega bo‘lgan 4 ta maktab, 5 ta 1500 o‘ringa mo‘ljallangan bolalar bog‘chasi, 3 ta poliklinika qad rostlaydi. Bundan tashqari 8 ta Yoshlar mehnat guzari, 3 ta IT-park, 3 ta “Koworking markazi”, 30 ta savdo do‘konlari, 1000 o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta tikuvchilik hamda 6 ta non va non mahsulotlari ishlab chiqarish syexlari quriladi.

Yangiyer shahrining "A.Jomiy" MFY hududida qurilishi rejalashtirilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi loyihasi

Yangiyer shahrining "A.Jomiy" MFY hududida qurilishi rejalashtirilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massivi loyihasi

Bugungi kunda hududlarda yer maydonlari ajratilgan. Qurilish loyihalarining bosh rejalari ishlab chiqilib, qurilish shtablari tashkil etildi. Mazkur turar-joylarning tannarxini kamaytirish uchun ko‘p tarmoqli qurilish korxonalar tomonidan zarur materiallarning ishlab chiqarilishi, zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallarining qo‘llanilishi natijasida, uy-joylarning 1 kv.m qurilish maydoni 4,5 mln.so‘mni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish