Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Shirin shahar, Sardoba va Boyovut tuman prokuraturalari uchun yangi binolar foydalanishga topshirildi
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorning o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev, viloyat prokurori, viloyat prokuraturasi Faxriylar Kengashi a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari va jamoatchilik ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tomonidan sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotganligi, sohaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligi qayd etildi.

Tadbir qatnashchilari yangi binolarda yaratilgan qulaylik va sharoitlar bilan tanishishdi.

Binolarda tuman (shahar) prokuraturalari bilan birga majburiy ijro byurosi va departamentning tuman (shahar) bo‘limlari ham faoliyat olib borishadi, xonalarga zamonaviy jihozlar, kompyuter jamlanmalari, internet tizimi, kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Eng muhimi yangi binolar aholi yashash joyiga yaqin va murojaat etib keluvchilar uchun qulay joyda joylashganligidir.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish