Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan imtiyozli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga (PF-6091) asosan 2022 yil 1 yanvarga qadar eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan imtiyozli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi.

Bular:

 eksportoldi moliyalashtirish, jumladan, aylanma mablag‘lar uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banki tomonidan belgilangan kredit foiz stavkasi va miqdoridan qat’i nazar:

  • milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 10 foiz banddan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • chet el valyutasidagi kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 5 foiz banddan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etadi.

kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beradi;

ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lsa, avval olingan kreditlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lishidan qat’i nazar, eksportoldi moliyalashtirish, jumladan, aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha olinadigan kreditlari bo‘yicha kompensatsiya yoki kafillik taqdim etadi;

taqdim etiladigan kafilliklar bo‘yicha komissiya to‘lovlari ikki barobarga kamaytirilgan miqdorda undiriladi.

Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida tashkil etilgan Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga moliyaviy resurslar ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar tijorat banklari tomonidan:

  • bitta tadbirkorga 1 million AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda beriladi;
  • moliyaviy resurs 1 yil muddatgacha ajratiladi;
  • moliyaviy resurslar xorijiy valyutada 4 foiz stavkada beriladi;
  • milliy valyutada kredit ajratishi 11 foizdan oshmasligi lozim;

Agentlik mablag‘laridan foydalanilgan kreditlar bo‘yicha Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan kompensasiya taqdim etilmaydi.

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun Agrobank, Asaka bank, Mikrokreditbank, Milliy bank, Sanoatqurilishbank, Turonbank, Xalq banki,  Ipoteka bank, Qishloqqurilishbank hamda Hamkorbankning Sirdaryo viloyatidagi shahar va tumandagi mavjud filiallariga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

Agrobank (67)225-50-57; Xalq banki (78)221-04-14;
Milliy bank (78)221-06-77; Mikrokreditbank (55)503-49-49 (20-00);
Qishloq qurilish bank (78)221-00-68; Asaka bank (67)225-28-61;
Turonbank (67)227-22-64; Ipoteka bank (78)221-00-50;
Sanoatqurilishbank (67)225-07-40;  Hamkorbank (78)221-15-15.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish