Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +6.3C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga qulay imtiyozlar beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra:

2025 yil 1 yanvarga qadar:

-  omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratiladigan 10 mlrd. so‘mgacha kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi;

-  parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan 10 mlrd. so‘mgacha kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi;

-  Qushxona va muzlatkichlarni o‘z ichiga olgan parrandalarni  so‘yishga mo‘ljallangan zamonaviy kompleksni ishga tushirgan  tadbirkorlarga loyiha qiymati 40 mlrd. so‘mdan oshmaydigan qismining 10 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

–  Parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ “Mikrokreditbank” ATBga yo‘naltiriladi.

Murojaat uchun telefonlar:  "Mikrokreditbank"   +99-855-503-49-49 (20-00)

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish