Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda isitish mavsumi bugundan boshlanadi
Viloyat hokimining tegishli qaroriga muvofiq viloyat hududida 2021-2022-yilgi kuz-qish davrida isitish mavsumi joriy yilning 15 oktabridan boshlandi.

Qarorga ko‘ra, mavsumni noxush holatlarsiz o‘tkazish maqsadida “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaz  Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali, viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, “Sirdaryo suvta’minot” MCHJ hududiy bo‘limlarida 24 soatlik avariya-dispetcherlik xizmatlari tashkil etiladi.

Shuningdek, mavsum davomida mavjud issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi qozonxonalar va tarmoqlar barqaror ishlashini ta’minlash uchun tuman va shahar hokimliklarida, barcha ijtimoiy soha muassasalarida rahbar hodimlaridan iborat sutkalik navbatchilik yo‘lga qo‘yiladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish