Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +8.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda 68 ta holatda aliment to‘lovlari pul mablag‘i, uy-joy, avtomashina va boshqa shaklda to‘liq qoplangan
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati hamda mas’ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, joriy yil 9 oy davomida 85655 ta 1 trillion 437 milliard so‘mlik hujjatlarning ijrosi ta’minlanib, 558 milliard so‘m undirilgan. Shundan, davlat byudjetiga 258 milliard so‘m mablag‘ undirilishi ta’minlangan.

Soliq qarzdorligini qisqartirish yuzasidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 225 milliard so‘m mablag‘ amalda undirilgan.

Sudlar hamda vakolatli organlarning qarorlari asosida davlat foydasiga 13 milliard so‘mlik jarimalarning amalda undirilishiga erishilgan. Undiruvlarning 4,6 milliard so‘mi yo‘l harakati xavfsizligi organlarining jarimalariga to‘g‘ri keladi. 

Davlat daromadiga o‘tkazilishi belgilangan mol-mulklarni ijrosi bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha 623 million so‘mlik mol-mulklar va valyuta mablag‘larining davlat daromadiga o‘tkazilgan.

Shuningdek, tijorat banklari foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha 148 milliard so‘m kredit qarzdorligi qoplangan.

Jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga undiruvlarni nazarda tutuvchi qarzdorlik ijro hujjatlariga asosan undirilgan 300 milliard so‘m mablag‘larning 6,5 milliard so‘mdan ziyodi tadbirkorlik sub’yektlari foydasiga undirilgan.

Undirilgan mablag‘larning 16,5 milliard so‘mi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan.

Byuro organlarida dolzarb yo‘nalishlardan biri bo‘lgan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro ishlari bo‘yicha 9 238 nafar bolalarning ta’minoti uchun 8 339 nafar qarzdorlardan davriy to‘lovlar yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida bu yo‘nalish bo‘yicha taraflarni o‘zaro yarashtirish maqsadida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 553 ta oila qayta tiklanishiga erishildi.

Shuningdek, aliment to‘lovlari bo‘yicha 68 ta holatda qarzdorlar tomonidan bolalarining voyaga yetguniga qadar ta’minoti pul mablag‘i, uy-joy, avtomashina va boshqa shaklda to‘liq qoplandi.

Sohada zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalangan holda voyaga yetmaganlarning aliment pullarini hisoblash va to‘lash ustidan avtomatlashtirilgan tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Aliment ijro hujjatlari bo‘yicha “MIB-portal” dasturiy ta’minoti orqali undirilgan mablag‘larni onlayn ravishda kuzatib borish imkoniyati joriy etildi.

Aliment undirish hamda ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan tadbirlar natijasida yil boshidan viloyatda jami 2 363 nafar fuqarolar doimiy va mavsumiy ishga joylashtirilgan.

Tadbirda, soha xodimlari tomonidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash sohasidagi targ‘ibot tadbirlarini yoritishda ommaviy axborot vositalari xodimlari soha vakillari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish xususida kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish