Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +6.3C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
18 oktabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Ushbu sessiyada ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega qator masalalar muhokama etilishi nazarda tutilgan. Jumladan,

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmoni ijrosi to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoni hamda 2021-yil 31-mayda PQ-5132-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida;

- viloyat mahalliy budjetining ijrosi yuzasidan viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i (A.Raximov)ning hisoboti;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmoyishlarida, hukumat qarorlari va bayonlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma obektlarini qurish va aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida viloyat mahalliy budjetining 2021-yil ijrosi davomida shakllangan qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘larni ajartish hamda viloyat mahalliy budjeti parametrlarida ba’zi budjet taqsimlovchilariga ajratilgan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish  to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi 213-F-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlashda “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi huzuridagi “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan Mirzaobod, Sirdaryo tumanlari “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armalariga ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish