Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +8.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryolik o‘quvchi bir vaqtda 7 ta oliygohga o‘qishga kirdi
Yangi O‘zbekistonda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlardan samarali foydalanayotgan o‘g‘il-qizlar ko‘plab topiladi. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimizning «Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz” va “Yoshlar uchinchi renessans – drayverlari” deya bildirgan ishonchlaridan kuch olgan yurt farzandlari bugunda o‘qib, izlanib, davlatimiz rahbarining ishonchini oqlashga tinimsiz harakat qilishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik liseyi bitiruvchisi Mohichehra Хursanova bilimgohni a’lo baholarga tamomladi.

Mohichehra ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi sababli turli tadbirlarda muvaffaqiyatlarga erishgan. Bilimdon o‘quvchi viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev hamda ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan bir necha bor tashakkurnomalar olish bilan bir qatorda ustozlari va tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘lgan. 

Yurtimizda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida M.Hursanova bir yo‘la qator oliygohlarga xujjat topshirdi. Quvonarli jihati, u malakatizimdagi 5 ta oliy ta’lim muassasalariga, jumladan, IIV Akademiyasiga, O‘zbekiston davlat jahon tillari, O‘zbekiston Milliy, Toshkent pedagogika va Guliston davlat universitetlariga hamda 2 ta xorijiy davlat universitetlariga, xususan, Italiyaning Sapiyenza di Roma (Rim Davlat universiteti) va Cassino universitetlariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.

Hozirda Mohichehra ushbu oliy o‘quv yurtlaridan Italiyaning Sapiyenza di Roma (Rim Davlat universiteti)ni tanlab, ta’lim olishni davom ettirmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish