Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda xususiy tibbiyot muassasalari faoliyati kengaymoqda
Xususiy tibbiyot muassasalar hisobiga Sirdaryoda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami bir necha barobarga oshdi.

Sirdaryoda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Davlat tibbiyot muassasalari bilan bir vaqtda xususiy tibbiyot muassasalari imkoniyati kengayib, kasallikni barvaqt aniqlash, tashxislash va davolashda yangi, zamonaviy, eng yuqori imkoniyatga ega bo‘lgan tibbiy jihoz va apparatlardan foydalanilayapti.

2017 yilda viloyatdagi xususiy tibbiyot muassasalar soni 55 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu muassasalar soni 104 taga, ulardagi shifo o‘rinlari soni 1 200 taga yetdi.

Davlat tibbiyot muassasalarining bo‘sh turgan ob’yektlaridan unumli foydalanish va uning o‘rnida davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida xususiy tibbiyot muassasalarni tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyat perinatal markazining bo‘sh turgan eski ginekologiya bo‘limi binosi «Doktor Abdumalik» mas’uliyati cheklangan jamiyatga 23 milliard 295 million so‘m miqdorida investitsiya kiritish va u yerda aholiga namunali tibbiy xizmat ko‘rsata oladigan xususiy klinika ochish uchun ajratildi. Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi hududida foydalanilmayotgany 5 sotixli yer maydoni «Gold status servis 17» mas’uliyati cheklangan jamiyatga davlat xususiy sheriklik asosida xususiy klinika ochish va unga 10 milliard so‘m miqdoridagi investitsiya kiritish uchun berildi.

Shuningdek, Sirdaryo tumanidagi 23-sonli oilaviy poliklinika hamda shahardagi 1-sonli oilaviy poliklinika namuna sifatida, davlat xususiy sherikchilik asosida faoliyat yuritishi uchun xususiy sherik tanlab olinib, qator majburiyatlar hisobiga tadbirkor tasarrufiga o‘tkazildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish