Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +8.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda irrigatsiya tarmoqlari tozalanmoqda

Dunyo bo‘ylab suv taqchilligi yildan yilga ortib bormoqda. Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida bu sohada ham izchil islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar ijrosi asnosida tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish kabi tejamkor usullar tatbiq etilayapti. Qolaversa, suv tarmoqlarida turli isrofgarchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar sohada qo‘l kelayapti.

Sirdaryo viloyatidagi suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, suv oluvchi va suv to‘suvchi inshootlarni ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

Shu kunlarda Guliston tumani H.Olimjon mahallasi hududidagi fermer xo‘jaliklari va aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlovchi, suv o‘tkazish quvvati 4 m³/sek bo‘lgan “Do‘stlik-10” kanalining 3,4 km qismini tozalashga 1 dona ekskavator jalb qilingan.

Sayxunobod tumanidagi Sho‘ruzak, Paxtakor va O‘zbekiston hududlarini suv bilan ta’minlovchi, suv o‘tkazish quvvati 8 m³/sek bo‘lgan Sho‘ruzak xo‘jaliklararo kanalining 6,5 km qismini tozalash va 7 dona gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash ishlari ham boshlab yuborildi.  

Shuningdek, Oqoltin tumanidagi “O‘ng tarmoq-4-1” xo‘jaliklararo kanali, U.Nosir hududidagi fermer xo‘jaliklarining ichki sug‘orish tarmoqlarini tozalash ishlariga ham texnika va mexanizmlar ajratilgan.  

Bundan tashqari Sho‘ruzak-Sirdaryo irrigatsiya tizimi boshqarmasi qarashli 10 ta suvchilar uyi, Boyovut tumani irrigasiya bo‘limiga qarashli 3 ta suvchilar uyining atroflari tozalanib, obodonlashtirildi. Bino va inshootlar ta’mirlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish