Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xorijlik kuzatuvchi Sirdaryodagi saylovga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi

MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak Sirdaryo viloyatida bo‘lib, siyosiy tadbirga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Xalqaro kuzatuvchini O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi raisi J.Nuritdinov kutib olib, viloyatda olib borilayotgan saylovga tayyorgarlik ishlari, okrug saylov komissiyasi va 284 ta uchastka saylov komissiyalari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. 

Saylovda viloyatdagi uchastka saylov komissiyalarida 3511 nafar a’zo faoliyat yuritadi. Ularning 2546 nafari ilgari ham saylovlarda ishtirok etgan, 1646 nafari ayollar, 718 nafari 21-30 yoshdagi yigit-qizlardir. Komissiya a’zolarining 524 nafari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 129 nafari huquqshunoslar, 2922 nafari pedagoglar va boshqa sohalar vakillari bo‘lib, barchasi saylov qonunchiligidan xabardor fuqarolardir.

Xalqaro kuzatuvchi Guliston shahrida joylashgan 15, 19, 20-saylov uchastkalaribordi. Saylovga hozirlik doirasida olib borilayotgan ishlar, pandemiya sharoitida saylovchi va kuzatuvchilarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Uchastka saylov komissiya raislari bilan suhbatlashdi.

– Sirdaryoda men 2019 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etganman. Bu qisqa davrda viloyatda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganligining guvoxi bo‘ldim. Prezident sayloviga ham yuksak darajada tayyorgarlik ko‘rilganligining shohidi bo‘ldim, –deydi MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak. –O‘tkazilayotgan saylov nafaqat O‘zbekiston, balki MDH mamlakatlari va xalqlari uchun ham ahamiyatlidir.

MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig‘i Yevgeniy Kozyak mahalliy OAV xodimlari bilan uchrashib, ularning savollariga atroflicha javob berdi.

             8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi matbuot markazi

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish