Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +9C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda joriy yil 80 ming gektar maydonga boshoqli don ekiladi
Aholining non va non mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplashda boshoqli bosh ekinlarining o‘rni beqiyos. Boshoqli don ekinlaridan mo‘l hosil yetishtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi anglagan sirdaryolik mirishkor dehqonlar baraka urug‘ini qadash bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida maromiga yetkazib bajarishga kirishgan.

Viloyatda 80 ming gektar maydonga boshoqli don ekinlari ekish rejalashtirilgan. Kuzgi boshoqli don ekinlari ekish jarayonida 43 dona seyalkalar va 447 dona g‘o‘za qator orasiga ekish uchun kultivator moslamalaridan unumli foydalanilmoqda.

Joriy yilning 11 oktabr holatiga viloyatda 53 ming 683 gektarga boshoqli don ekildi. Shundan Boyovut tumanida 7 534 gektarga, Gulistonda 4 706 gektarga, Mirzaobodda 1 889 gektarga, Oqoltinda 9 911 gektarga, Sardobada 9 117 gektarga, Sayxunobodda 8 097 gektarga, Sirdaryoda 5 762 gektarga va Xovos tumanida 6 667 gektar yer maydoniga boshoqli don ekinlari ekildi. 

Jumladan, 2022 yil hosili uchun Sardoba tumanida 12 ming 500 gektar, shundan 5 ming ochiq maydon va 7 ming 500 gektar g‘o‘za qator orasiga bug‘doyning “Alekseich”, “Andijon 4”, “Bobur”, “Zimnitsa”, “Zvezda” singari serhosil sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan navlar joylashtirilgan.

Tumanda 12 ming 500 gektar maydonga ekiladigan boshoqli don ekinlarini o‘z vaqtida va sifatli ekishni ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar tomonidan monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilib, amaliy ko‘mak berilayapti. Bu jarayonlarda 1 ta zamonaviy selyaka hamda 52 dona g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekuvchi moslamalardan foydalanilmoqda. 

Zamonaviy seyalkalar bilan ekilganda har gektar yerga 160-180 kilogramm urug‘ sarflanadi. Oddiy seyalkalar bilan ekilganda gektariga 50 kilogramm ko‘p urug‘ sarflanishi inobatga olinsa, urug‘ni iqtisod qilishi evaziga xarajatlar kamayadi. Shuningdek, zamonaviy seyalkalar bir vaqtning o‘zida jo‘yak olish, o‘g‘itlash va ekish singari vazifalarni bajaradi. Bunday usulda urug‘ yerga bir xil chuqurlikda tushadi va bir tekis unib chiqadi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi Sardoba tuman bo‘limi tomonidan boshoqli don ekinlarini oqilona joylashtirish va barcha talablarga to‘liq rioya qilinishi yuzasidan monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda, tumandagi klaster korxonalari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va hamkor tashkilotlar ishtirokida amaliy-ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazildi. Unda, kuzgi boshoqli don ekinlarini hududlar iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda joylashtirish, g‘allani ekish jarayonida zamonaviy seyalkalardan foydalanish ahamiyatlari xususida ma’lumotlar berildi.

Joriy yilda tumanda urug‘ni barvaqt sepish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish evaziga hosildorlikni gektariga 10-15 syentnerga ko‘tarish mo‘ljallanmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish