Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +9C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
«Mustaqillik» hamda «Sohil» mahalla fuqarolar yig‘inlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi

Mamlakatimizda mahalla instituti faoliyatini yanada rivojlantirish, uni eng xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Respublika bo‘yicha birinchi – namuna sifatida Guliston shahrining barcha mahallasida hokim yordamchisi lavozimi joriy etilishi aholiga yanada yengillik yaratishga xizmat qilishi shubhasiz.

O‘z o‘rnida mahalla ahliga hamda fuqarolar yig‘ini xodimlariga qulay sharoit yaratish esa ish unumdorligini oshirib, xalq ishonchini qozonishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham Sirdaryo viloyatida har bir mahalla fuqarolar yig‘iniga o‘z binosini qurib berish, xodimlarni barcha zaruriy jihozlar bilan ta’minlash va zamon talabiga javob beradigan darajaga keltirishga alohida e’tibor qaratilgan.  

Jumladan, bugun Guliston shahrida yangi tashkil etilgan, 4100 nafar aholiga ega «Sohil» mahallasida qisqa fursatda qurib bitkazilgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi foydalanishga topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, 4100 nafar aholiga ega «Sohil» mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi «Shuxrat Imkon Nur tarovati» MCHJ quruvchilari tomonidan barpo etilib, qurilish ishlariga mahalliy budjet hisobidan 250 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Shuningdek, Guliston tumanidagi 2815 nafar aholi istiqomat qiluvchi «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari yangi binoda ish faoliyatini boshlashdi. Mahalla qoshida «Nuroniylar maskani» hamda  «Hunarmandlar maktabi»ning ochilishi hududdagi yoshu-qarini birdek xushnud etdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish