Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +7.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Xovos tumani hokimi yoshlarga hisobot berdi
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq. Shu sababli ham O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

So‘nggi 9 oy davomida Xovos tumanida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi, «Yoshlar daftari»ni yuritish va yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar ko‘lami xovoslik yoshlar ishtirokida sarhisob qilindi.

Ochiq savol-javob tarzida tashkil etilgan uchrashuvda Xovos tumani hokimi Uchqun Kamolov so‘z olib, bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, Xovos tumanida yoshlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi va bugungi uchrashuv biror-bir rasmiyatchiliklarsiz, ochiq va oshkora o‘tishini, bu borada yoshlardan ham faollik talab etilishini bildirdirib, yoshlarga qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Ta’kidlanganidek, tumanimizda 2021 yil 28 sentyabrigacha «Yoshlar daftari» bo‘yicha 795 nafar o‘g‘il-qiz doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lgan. 174 nafar yosh «Har bir tadbirkor-yoshlarga madadkor» 1+1 dasturi doirasida tadbirkor va hunarmandlarga biriktirilib, bugungi kunda bandligi ta’minlangan. 111 nafar yoshga asbob uskunalar va mehnat qurollari harid qilish uchun 419 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, beshta muhim tashabbus yo‘nalishida tumanda amalga oshirilgan ishlarga ham alohida to‘xtalib, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan, 315 nafar yosh madaniyat muassasalariga, 1580 nafari sport to‘garaklariga, 124 nafari zamonaviy axborot texnologiyalariga, 589 nafari kitobxonlikka jalb etilgani ham tuman yoshlarining kelajagi uchun kiritilgan kapital albatta kelgusida natija berishi alohida tilga olindi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan san’at, bandlik, xunarmandchilik va subsidiyalar ajratilishi yuzasidan 10 dan ortiq muammo va takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflar yoshlar ishtirokida muhokama qilinib, 3 ta taklif uchrashuv vaqtininig o‘zida qanoatlantirildi.

Shuningdek, uchrashuvda OAV vakillari, blogerlar ham ishtirok etishib, xisobot yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Tadbir so‘nggida "Yoshlar bizning kelajak investitsiyamiz, ularga bugun qancha kuch, qancha e’tibor, qancha mablag‘ sarflasak buning natijasini kelajakda, albatta, ko‘ramiz"-dedi tuman hokimi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish