Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +7.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoning obod go‘shalari

Sirdaryo viloyati hududlari qatori Guliston shahridagi "Shodlik" mahallasida ham ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni aniqlash va hal qilishga asosiy e’tibor qaratilib, mahallada bir qator obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Xususan, mahalladagi ko‘p qavatli uylar oldida 1 ta yangi bolalar maydonchasi va 3 ta ayvon o‘rnatildi. Eskirib qolgan 64 ta o‘rindiqlar, 5 ta ayvon, 3 ta bolalar sport maydonchasi qayta ta’mirlandi. Alisher Navoiy ko‘chasining shu mahalladan o‘tgan 1.1 km qismiga 700 tonna asfalt yotqizilib, tekis va ravon holatga keltirildi. Ko‘cha chetidagi 50 ta beton simyog‘ochlar zamonaviy tipdagi simyog‘ochlarga almashtirildi. Daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Avtomashinalarning to‘xtash joylariga yo‘l harakati belgilari chizildi.

Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi. 5 ta ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad va pod’yezd qismlari ta’mirlanib, ushbu uylarning old qismi, ko‘chaning chetlariga 1.600 tup manzarali daraxt va 8.200 dona gullar hamda 2.800 kv.m maydonga tabiiy chim ekildi.

Mahallaning obod qilib, ko‘rkam go‘shaga aylantirishda viloyatning 2-sektor jamoasi alohida jonbozlik ko‘rsatdi. Shuningdek, nafaqat shaharning boshqa mahallalarida, balki viloyat bo‘ylab amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida barcha mutasaddilarga muhtaram Prezidentimizning “Barcha darajadagi rahbarlar bir maqsad – xalq roziligi yo‘lida mehnat qilishi lozim” degan gaplari dasturilamal bo‘lmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish