Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +9C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Hindistonlik investor Sirdaryoda 2500 ta ish o‘rni yaratmoqchi

"INDORAMA GROUP" kompaniyasi direktori janob Prakash Krejival bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida 2022 yildan boshlab 3 ta yirik investisiya loyixalarini amalga oshirish ishlarini boshlashga kelishib olindi.

Jumladan, qiymati 10 million AQSH dollari bo‘lgan g‘allachilik klasteri va 5 million AQSH dollarilik zamonaviy bug‘doy tegirmoni hamda 2000 boshli yirik chorvachilik kompleksi loyihalari amalga oshirilishi natijasida 2500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirildi.

Muzokara davomida Oqoltin tumani hokimi Dilmurod Fazilov mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida tumanda ishsizlik soni kamayib, aholining turmush tarzi yaxshilanishiga va bu o‘z navbatida iqtisodiyotning o‘sishiga olib kelishini ta’kidlab, tuman hokimligi tomonidan barcha amaliy yordamlar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish