Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston shahri mahallalarida “hokim yordamchisi” lavozimiga nomzodlar saralandi


Respublikada ilk marotaba Guliston shahrining 24 ta mahallasida “hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilingan edi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar sifatida oliy ma’lumotli, iqtisodiyot sohasida kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, mahallaning shart-sharoitini yaxshi biladigan, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tajribasiga ega bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.

Ushbu talablar asosida viloyat va tuman tashkilotlaridan 43 nafar rahbar xodimlar “hokim yordamchisi” lavozimiga nomzod sifatida tanlab olindi.

Ma’lumot o‘rnida, tanlab olingan nomzodlarning barchasi oliy ma’lumotli (iqtisodchi), shu jumladan, 6 nafari viloyat tashkilotining rahbar o‘rinbosari, 10 nafari bo‘lim boshlig‘i, shuningdek 2 nafari viloyat tijorat banki boshqaruvchi o‘rinbosari, 15 nafari bankda bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Joriy yilning 9-10 oktabr kunlari nomzodlar ishtirokida “hokim o‘rinbosari”ning asosiy vazifalarini va lavozim majburiyatlarini tushuntirish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘quv seminar tashkil etildi.

Shuningdek, joriy etilgan tizim va xodimlarning vazifalari, tizim kelgusida hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘sishiga ijobiy ta’sir etishi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda OAV vakillari va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikat topshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish