Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +7.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryo viloyati drama teatri sahnasida «Maroshka»
Xalqimiz madaniyat, san’at sohasida ulkan yutuqlar va qadimiy merosga ega. Muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va ko‘rsatmalari bilan bu sohada ham olamshumul o‘zgarishlar, yangilanishlar ro‘y bermoqda.

Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi berilayotgan e’tibor va imkoniyatlardan unumli foydalanib, repurtuarlarini tinimsiz boyitib borayapti. Buni teatr jamoasining 47-mavsumini san’atsevar sirdaryoliklar ko‘tarinkilik bilan qarshi olganligidan ham anglash mumkin. Ayniqsa, teatrning to‘liq rekonstruktsiya qilinishi nafaqat mahalliy ijodkorlar va san’at ixlosmandlarida, balki, xorijlik san’at ustalarida katta qiziqish uyg‘otayotganligi shubhasiz. 

Jumladan, bugun Sankt-Peterburgdagi "Moroshka" qo‘shiq va raqs teatri ijodkorlari konsert dasturi bilan Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri sahnasida chiqish qildi.

Tomoshabinlarga rus xalq cholg‘ulari orkestri hamohangligida balet va vokalistlar ishtirokidagi "Peterburgning rus moʻjizasi" spektakli namoyish etildi.

Spektakldan xushnud bo‘lgan tomoshabinlar olqishlar bilan san’atkorlarga minnatdorchilik bildirib,  butun jamoaga guldastalar taqdim etildi. "Rus dalasi", "Ismsiz balandlikda", "Moviy ko‘llarga qarayman" qo‘shiqlari tinglovchilarni hayajonga soldi va ajoyib raqslardan zavqlanishdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur teatr 11 yillik faoliyati davomida jamoa xalqaro tanlovlarda mukofotlarni qo‘lga kiritgan (Jazoir, 2015 va Kavala, 2016), dunyoning 11 mamlakatida gastrollarda bo‘lgan. E’tiborlisi, akademik musiqali teatr talablariga muvofiq ijro etilgan folklor asarlari asosida noyob konsert dasturini yaratgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish