Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +7.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sankt-Peterburg delegatsiyasi Sirdaryoda
Ayni kunlarda Sankt-Peterburg delegasiyasi mamlakatimizga tashrif buyurgan.

Bugun Sirdaryo viloyati hokimligida delegatsiya a’zosi Sankt-Peterburg shahri MDH davlatlari va RF shaharlari tashqi aloqalari qo‘mitasi raisi Kassyura Yevgeniy Vladimirovich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari Shoxruh Isoqulov mehmonga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, bu kelgusida Sirdaryo viloyati hamda Sankt-Peterburg shahri o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bunga javoban Yevgeniy Kassyura iliq va samimiy qabuldan mamnun ekanligini bildirib, Sirdaryoning bugungi kundagi eksport salohiyati, hududda investorlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan qiziqdi.

Shuningdek, Shoxruh Isoqulov viloyatda keyingi besh yilda amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatning joylashuvi jihatdan turizm va investitsiyaviy loyihalarni yo‘lga qo‘yishga qulayligi, sanoat, tibbiyot, madaniyat kabi sohalarda erishilayotgan yutuqlar haqida tushuncha berdi.

Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va hamkorlik munosabatlarining rivojlanishi davlatlar rahbarlarining qarori bilan belgilanganini ta’kidladilar.

Xususan, hamkorlikda Sirdaryo viloyatida Sankt-Peterburg savdo uyi tashkil etish, eksport mahsulotlari, ayniqsa, meva-sabzovotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish