Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +7.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
"Baxtli oilaning quvnoq bolalari" — Sirdaryoda yana bir oilaviy bolalar uyi tashkil etildi.
Bolalar – kelajagimiz. Ularni ham jismonan, ham ruhan, ham ma’nan sog‘lom qilib kamolga yetkazish barchamizning asosiy vazifamizdir. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu o‘sib-unayotgan bolalarimizga bog‘liq. 

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi hamda rahnamoligida ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ular uchun oilaviy sharoitlarga yaqinlashtirilgan zarur sharoitlar yaratish, oilaviy bolalar uylarini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Ayniqsa, davlatimiz rahbari raisligida 28 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada yangi tizim joriy qilingani qisqa vaqt ichida o‘z samarasini bera boshladi.

Guliston shahar "Namuna" mahallasida istiqomad qiluvchi Jumayevlar oilasi ham oilaviy bolalar uyi tashkil etish yuzasidan murojaat qilgan edi. Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, Guliston harbiy Prokuraturasi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan murojaat o‘rganib chiqilib, ijobiy xulosa berildi.

Kuni kecha Jumayevlar xonadonida "Baxtli oilaning quvnoq bolalari" nomli yana bir oilaviy bolalar uyi tashkil etildi.

Botir Jumayev va Shoira Jumayeva 3 nafar farzandlari qatoriga yana 5 nafar "Bolalar shaharchasi" tarbiyalanuvchilarini farzandlikka olib, xalqimizga xos mehr-oqibat va insoniylikning yuksak namunasini ko‘rsatdi.

Oilaviy bolalar uyining ochilish tadbirida mutasaddi va hamkor tashkilotlar vakillar so‘zga chiqib, saxovatpesha xonadonning ezgu amallariga muvaffaqiyat tilashdi.

Endilikda vasiylik va homiylik organlari oilaviy bolalar uyini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, tarbiyalovchi ota-onalarga zarur tashkiliy yordam ko‘rsatadilar hamda tarbiyalanuvchi bolalar turmushi va tarbiyalanishida zarur sharoitlar yaratishga doimiy ko‘maklashadilar.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Boltayevlar oilasida viloyatda ilk oilaviy bolalar uyi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish