Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +7.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda paxta yig‘im-terimi avjida
Viloyatimiz mirishkor dehqonlari erta bahorda yerga chigit qadab, ko‘klamning injiqliklariga, saratonning jaziramasiga qaramay qilgan mehnatlarining samarasi – oq oltinning taroziga tushadigan, yetishtirilgan paxta xom-ashyosini sifatli yig‘ib-terib olish pallasiga ham yetib kelishdi.

Paxta qabul qilish maskanlari esa barcha talablarga mos ravishda shay holatga keltirilgan. Ayni kunlarda viloyatda 9 ta paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2021 yil paxta hosilini qabul qilib olish uchun 19 ta paxta qabul qilish maskanlari mavsumga tayyorlanib, dehqonlarimiz tomonidan olib kelinayotgan paxta xom-ashyolari belgilangan tartibda qabul qilib olinmoqda.

2021 yilda 72 ming 557 gektar maydonga chigit qadagan sirdaryolik paxtakorlar 232 ming 200 tonna sifatli paxta xom-ashyosini yig‘ishtirib olishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishgan. 19 sentyabr holatiga viloyatda 53 803 tonna paxta xom-ashyosi terib olindi. Jumdalan, 

  • Boyovut tumanida 10 236 tonna;
  • Sirdaryo tumanida 9 256 tonna;
  • Mirzaobod tumanida 9 025 tonna;
  • Sayxunobod tumanida 8 011 tonna;
  • Oqoltin tumanida 5 714 tonna;
  • Guliston tumanida 5 676 tonna;
  • Xovos tumanida 3 459 tonna; 
  • Sardoba tumanida 2 426 tonna paxta xom-ashyosi hirmon qilingan.
    Qayt etish kerakki, hukumatimiz qaroriga asosan viloyat hududlarida qo‘l kuchi bilan terilgan har bir kilogramm paxta puliga 230 so‘m ustama belgilanib, bir kilogarmm oq oltinga 1430 so‘m miqdorida pul mablag‘lari to‘lab berilmoqda. Qolaversa, terimchilar bilan qonunda belgilangan tartibda shartnoma tuzilib, ularga qulay bo‘lgan joylarda barcha shart-sharoitlarga ega “Hasharchilar shaharchasi” tashkil etilgan. Bunday maskanlarda terimchilar uchun zarur bo‘ladigan jihozlar bilan ta’minlangan.
Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish