Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Press-tur: Sirdaryoda yil boshidan 321 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 134 dona transformator punktlari rekonstruksiya qilindi
Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida aholining turmush tarzi kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Ayniqsa, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi asosida yaratilayotgan sharoit va qulayliklar barchaga birdek manzur bo‘lmoqda. Sirdaryo viloyatida ham dasturni amalga oshirishda mutasaddilar qatorida “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlari mas’uliyat bilan faoliyat yuritishayapti.

Mirzaobod tumanidagi Mirzo Ulug‘bek nomli MFY hududiga tashkillashtirilgan press-turda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha  amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi. 

Ayni paytda M.Ulug‘bek mahallasidagi 5054 aholi 1084 ta xonadonda  istiqomat qiladi. Xududda aholiga qulay shart-sharoit yaxshilash maqsadida elektr ta’minoti borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Xususan, zamonaviy talablarga mos keladigan uskunalar: temir betor tayanchlar, yangi transformatorlar o‘rnatib, energiya tejamkorligini saqlaydigan ximoyalangan sim arqonlari (kabel) tortish ishlari  bajarilmoqda.

–Hozirgacha rejadagi 13 kilometrlik masofaga himoyalangan sim arqonlari tortilib, –deydi tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i I.Norqo‘ziyev. –5 ta yangi transformator o‘rnatildi.  Ayni paytda mahallada bu boradagi so‘nggi ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek,  xonadonlarga yangi elektr hisoblagichlar o‘rnatish ishlari ham jadal olib borilmoqda.

Bu ishlarda Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasining Mirzaobod tumani bo‘limining Shukur Sulaymonov, Yorqin Norqo‘ziyev, Doniyor Karimov kabi xodimlari faol ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga “Sirdaryo HETK” AJ bosh muhandis o‘rinbosari S.Tuliyev tizimda viloyat miqiyosida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham ma’lumot berdi. 

Birgina 2020 yilda 8 oyi davomida 188 km elektr uzatish tarmoqlari va 55 dona transformator punktlari rekonstruksiya qilingan edi. Bu yil esa 321 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 134 dona transformator punktlari rekonstruksiya qilindi. Bu bilan o‘tgan yilga nisbatan joriy yilda bajarilgan qurilish montaj ishlarda elektr uzatish liniyalari bo‘yicha 158 foizga, transformator punktlari bo‘yicha esa 139 foizga o‘sganligini ta’kidlash mumkin.

Yangi transformator va himoyalangan sim arqonlarining afzalligi shundaki, ular uzluksiz elektr eneriyasi uzatilishi, tarmoqda uzilishlar bo‘lishining oldini oladi hamda xavfsizlikni ta’minlaydi.

Quvonarlisi shundaki, sifatli temirbeton tayanchlar aksiyadorlik jamiyati qoshida ishlab  chiqarilmoqda. U yerda bir kunda o‘rtacha 46 dona temirbeton tayanch tayyorlanadi. 

OAV vakillari soha mutaxassislaridan o‘zlarini  qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, ular hududga ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning borishi bilan tanishish uchun kelgan   Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Yariyev bilan muloqotda bo‘ldilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish