Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +11.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda "Jomi’ ahkom as-sig‘or" kitobining taqdimoti o‘tkazildi 
Sirdaryo viloyati hokimligi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi tashabbusi bilan musulmon xuquqshunosi, Ustrushana - hozirgi Jizzaxdan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning "Jomi’ ahkom as-sig‘or" (Bola huquqlari kodeksi) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda  Markaz va Xalqaro islom akademiyasi olimlari, Guliston Davlat universiteti talaba va o‘qituvchilari, viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari, diniy soha vakillari  hamda OAV xodimlari  ishtirok etishdi.

 O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan o‘zbek tilida nashr qilingan mazkur asar XIII asrda yaratilgan va bola huquqlari borasidagi jahonda dastlabki mukammal manba hisoblanadi. XIX asrga qadar bu kabi maxsus to‘plam yaratilmagan. Gʻarb dunyosida 1804 yilda qabul qilingan Fransuz fuqarolik kodeksida birinchi bor bolalar huquqi masalasi qayd etilgan bo‘lib, undagi jami 2281 moddaning 5 tasi bola huquqlariga tegishlidir. 1908 yilga kelib AQSHda "Yuvenal huquq" - bola huquqlari bo‘yicha qonunchilikka asos solingan. Bu esa yurtimiz allomalari Gʻarb dunyosidan salkam 600 yil avval o‘z asarlarida bola huquqlarini mustahkamlab qo‘yganini ilmiy asoslaydi. 

Ustrushaniy bola huquqlariga oid 1289 ta fatvoni 45 ta ustuvor masalaga bo‘lgan holda tahlil qilgan. Ushbu kitobda bolalarning axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlariga doir 100 ta dolzarb masala bugungi kunga mos izoh va sharhlar bilan bayon qilingan. Asar sodda va xalqchil, ravon va yuqori ilmiy saviyada yozilgani bilan ajralib turadi. Kitobni tayyorlashga Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizasiyasi markazi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mutaxassislari, mamlakatimizning yetakchi islomshunos olimlari jalb etildi.

Taqdimot tadbirida so‘zga chiqqanlar asarning muhim ijtimoiy va siyosiy tomonlariga batafsil to‘xtab o‘tishdi. Jumladan, Markaz matbuot xizmati rahbari F.Muhammadiyev asar umuminsoniy ahamiyatga ega inson huquqlari haqidagi g‘oyaning ildizlari O‘zbekiston zamini bilan bog‘liq  ekanligini xalqaro miqyosda targ‘ib qiladi hamda  Qadim Ustrushana ilmiy-madaniy markazida faoliyat ko‘rsatgan olimlarning ilmiy merosiga mutaxassislarning e’tiborini jalb etadi, degan fikrni bildirdi. 
  
Sharqshunoslik instituti katta o‘qituvchisi M.Atayev Ustrushaniy allomaning beqiyos asari jamiyatimizda qaror topgan hanafiy mazhabining insonparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan moʻtadil ta’limotining ahamiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deya ta’kidladi.

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda buyuk allomalarimiz ilmiy merosini o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilayotgan e’tibor amalga oshirilayotgan xalqaro ahamiyatga ega islohotlarning amaliy natijasidir.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish