Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +11.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda maktab yoshidagi 13292 nafar bola birinchi sinfga qadam qo‘ydi
Ta’lim-tarbiya yorqin kelajakka erishishning asosi hisoblanadi. So‘nggi to‘rt-besh yil ichida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari va aniq ko‘rsatma hamda topshiriqlari asosida ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

Sirdaryo viloyatida ham ta’lim sohasida tahsinga loyiq ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Har bir maktabning zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar, pedogoglarning malakasini yanada oshirilayotganligi fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi. Ayniqsa, fan olimpiadalarida, turli tanlov va musobaqalarda o‘g‘il-qizlarning qo‘lga kiritayotgan yutuqlari quvonarli holdir.

O‘tgan yili umumta’lim maktablarining 971 nafar bitiruvchisi, yoki, bitiruvchilarning 8,4% foizi talabalikka qabul qilingan edi. Joriy yil jami 11263 nafar bitiruvchilardan 10235 nafari Respublika oliy ta’lim muassasalariga xujjat topshirishdi. Bugungi kundagi aniqlangan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2344 nafari ya’ni 20,8% foiz o‘quvchilar Respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etildi.

Bugun 6 sentyabr kuni viloyatdagi 318 ta umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlandi. Bu yil maktablarning 1-sinfiga  13292 nafar bola qadam qo‘ygan bo‘lib, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Joriy yilda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda sektor rahbarlari, maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etdi. 

“Bilimlar kuni” maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan ulkan ishlar haqida o‘quvchilarga so‘zlab berildi. Darslarda mehmonlarning faoliyatidagi hayotiy misollari, muvaffaqiyat yo‘lida ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish