Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayxunobodda 6 ming tonna yog‘ ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ish boshladi
Sayxunobod tumanidagi "Paxtakon" mahallasida "Sayxun gold oil" MChJ tomonidan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish korxonasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

Qiymati 2 mln dollar bo‘lgan, yiliga 30 ming tonna paxta chigitini qayta ishlashga mo‘ljallangan korxonada 6 ming tonna sifatli yog‘ mahsuloti olinadi. Quvonarlisi, endilikda yana 70 nafardan ortiq fuqaroning doimiy bandligi ta’minlanadi. Bu esa o‘z-o‘zidan tuman aholisining turmush sharoitini yanada yaxshilashga, ularning daromadini oshirishga hizmat qiladi.

Korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev, tuman sektor rahbarlari, viloyat va tuman tashkilot rahbarlari, nuroniylar ishtirok etishdi.  Tadbirda viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev so‘zga chiqib, korxona faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi va bunday loyihalarning ishga tushishi, olib borilayotgan bunyodkorliklar, o‘zgarishlar, yangiliklarning kun sayin ortib borayotganligi yurtimiz ravnaqi yo‘lida nechog‘lik ahamiyatli ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Darhaqiqat, Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari asosida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar ijobiy natijasini bermoqda. Birgina klaster tizimining joriy etilishi va bu tizim bugungi kunda o‘zini to‘laqonli oqlab kelayotganini ushbu korxona misolida ham ko‘rish mumkin.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish