Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +11.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Muammo yechimi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga sabab bo‘ldi
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar negizida har bir sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash orqali kichik biznes, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor berilmoqda. Bunda muhtaram Prezidentimizning shaxsan tashabbuslari, aniq ko‘rsatma va topshiriqlari, ayniqsa, qabul qilayotgan farmon va qarorlari dasturilamal vazifasini o‘tayapti, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Natijada tadbirkorlar faoliyatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning va ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olinib, ishbilarmonlarning to‘laqonli faoliyat yuritishlariga ko‘plab qulayliklar yaratilayapti.

Murojaatlar bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqilgani, ya’ni, yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya asosida ish yuritish, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, tezkorlik bilan bartaraf etish yo‘lga qo‘yilganligi ayni muddao bo‘ldi.

Xususan, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayevning tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan qabulida ko‘plab taklif va muammolar ko‘rib chiqilgan edi. Jumladan, Guliston shahrida faoliyat yurituvchi “Otabek mebellari va eshiklari” MChJ rahbari Muzaffar Abdumuxtorovning tadbirkorligini rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish maqsadida bankdan kredit olishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati ham bor. Murojaatni viloyat rahbari shaxsan nazoratiga olib, mutasaddilarga masalani hal etish yuzasidan topshiriq berildi. Tadbirkordikni rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati bo‘yicha vakolatli ofisi mas’ullari tomonidan murojaat atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijasida tadbirkorga kredit mablag‘lari olishda yuzaga kelgan muammolar zudlik bilan hal etilib, ATB “Asaka Bank” Sirdaryo viloyat filiali tomonidan 800 million so‘m miqdorida bank kreditlari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. 

O‘z navbatida Muzaffar Abdumuxtorov mebel va zamonaviy eshiklar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihasini amalga oshirib, yangi ish o‘rinlari yaratdi. Hozirda korxonada 25 nafar fuqaroning doimiy bandligi ta’minlandi.

–Murojaatimga qisqa vaqt ichida yechim topilishi menga yanada g‘ayrat, shijoat bag‘ishladi, –deydi “Otabek mebellari va eshiklari” MChJ rahbari Muzaffar Abdumuxtorov. –Buning uchun, albatta, odilona siyosat olib borayotgan Prezidentimiz, hukumatimizga rahmat aytaman. Shuningdek, tizimni to‘g‘ri yuritayotgan barcha rahbarlardan minnatdorman. Bunday qulayliklar, imkoniyatlardan bizlar ham unumli foydalanib, yurt ravnaqiga, aholining turmush farovonligiga erishishga o‘z hissamizni qo‘shaveramiz.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish