Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +11.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” hamda “Namunali mahalla raisi” aniqlandi
Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

Mustaqilligimiz va istiqlolimiz islohotlari sifatida respublikamizda  fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berilayotgan e’tibor xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayapti.

Bugungi kunda viloyatimizda 236 ta fuqarolar yig‘inlari tomonidan aholining turmush darajasini yanada yaxshilash hamda mahallalarimiz taraqqiyotining turli sohalarini qamrab olgan holda ularni kompleks rivojlantirish, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik, tomorqalardan unumli foydalanishni tashkil etish borasida bir qator ijobiy ishlar bajarilmoqda.

Bu borada,  mahallalarda to‘plangan boy ish tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” hamda “Namunali mahalla raisi” tanlovlari o‘tkazildi.

Bugun, Guliston shahar Istirohat bog‘ida o‘tkazilgan bayram tadbirida mazkur tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi.

“Obod mahalla” nominatsiyasi bo‘yicha

  1. - Sayxunobod tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini;
  2. - Mirzaobod tumani “Do‘ngariq” mahalla fuqarolar yig‘ini;
  3. - Guliston tumani “Sohilobod” mahalla fuqarolar yig‘ini;

“Obod ko‘cha” nominatsiyasi bo‘yicha

  1. - Shirin shahar Farxod mahallasi “Bunyodkor” ko‘chasi ko‘chaboshisi A.Raxmatov;
  2. - Oqoltin tumani “Bo‘ston” mahallasi J.Manguberdi ko‘chasi ko‘chaboshisi A.Nabiyeva;
  3. - Xovos tumani “Qayirma” mahallasi “Bog‘iston” ko‘chasi ko‘chaboshisi A.Sarimsoqov.

“Obod xonadon” nominatsiyasi bo‘yicha

  1. - Yangiyer shahar “Navro‘zobod” mahallasida yashovchi Mamatovlar xonadoni;
  2. - Guliston shahar “Ulug‘ yo‘l” mahallasida yashovchi Xo‘jayevlar xonadoni;
  3. - Sirdaryo tumani “Intilish” mahallasida yashovchi To‘ychiyevlar xonadoni.

“Namunali mahalla raisi” nominatsiyasi bo‘yicha

  1. - Boyovut tumani “Laylako‘l” mahallasi raisi D.Anorqulov;
  2. - Oqoltin tumani “Ahillik” mahallasi raisi Sh.Xayrullayev;
  3. - Sardoba tumani “Yurtdosh” mahallasi raisi K.Suyarovga nasib etdi.

Tanlov g‘oliblari diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish