Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +11.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Gʻofurjon Mirzayev: So‘nggi to‘rt-besh yil mobaynida davlat mukofotlariga loyiq ko‘rilgan sirdaryoliklar soni o‘tgan davrlarga nisbatan o‘n barobar ortdi
Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan taqdirlangan bir guruh sirdaryoliklarga yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan joriy yilgi bayram tantanalarida istiqlolimizning o‘ttiz yillik tarixi, ayniqsa Yangi O‘zbekistonning so‘nggi besh yildagi tom ma’nodagi yuksalish davri davomida erishgan salmoqli yutuqlari, ulkan bunyodkorlik ishlari madh etilmoqda. Barchaning tilida shu yurtda, shu aziz Vatanda yashash baxtidan shukronalik tuyg‘ulari yangramoqda.

Albatta inson intilishlari qadrlangan, uning manfaatlari ulug‘langan yurtda Vatan taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilgan, Uchinchi renesansni barpo etishda o‘z hissasini qo‘shayotgan har bir shaxs qadr topadi.
Buni biz Yangi O‘zbekistonning o‘tgan to‘rt yili davomida viloyatimiz vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlangani misolida ham guvoh bo‘ldik.
Ushbu quvonchli an’ana Istiqlol bayrami tantanalari arafasida yanada yangi bosqichga ko‘tarildi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda halol, fidokorona mehnati bilan o‘rnak ko‘rsatgan vatandoshlarimiz qatori viloyatimizning 34 nafar vakillari ham davlatimizning faxriy unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 596 nafar sirdaryoliklar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoniga loyiq deb topildilar.
Bugun viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da o‘tkazilgan tantanali tadbirda faxriy unvon, orden, medal va esdalik nishonlari o‘z egalariga topshirildi.

Tadbirda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, bu jarayonda sirdaryoliklar ham faol ishtirok etayotgani ta’kidlandi.

–Sirdaryoni qanchalik rivojlantiraversak, o‘z-o‘zidan mamlakat ravnaqiga ham shunchalik hissa qo‘shgan bo‘lamiz, –dedi Gʻ.Mirzayev. –Turmush farovonligi, xalq roziligi yo‘lida qilingan sa’y-harakatlar muhtaram Prezidentimiz, hukumatimiz e’tiboridan chetda qolmaydi. So‘nggi to‘rt-besh yil mobaynida viloyatimizdan mukofotlanganlar soni mustaqilligimizning yigirma besh yili davriga nisbatan o‘n barobar ortganligi fikrimning yaqqol isbotidir. Sizlarning jamiyatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda fidokorona mehnatlaringiz munosib e’tirof etilganligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Taqdirlanganlar amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ezgu maqsadlarga xizmat qilishini e’tirof etib, ko‘rsatilgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirdi.

–Yurtboshimiz, “Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini e’tirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi” deya e’tirof etganlari barchamizni birdek quvontirdi, –dedi O‘tbosar Abdiyev. –O‘z navbatida kelgusida yanada mas’uliyat bilan mehnat qilishga undaydi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish