Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +9.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda ilk oilaviy bolalar uyi tashkil etildi
Mehribon, bag‘rikeng xalqimizda qalbi o‘ksik, ko‘ngli yarim bolalarga mehr ko‘rsatishdek oliyjanoblik, azaliy qadriyat mavjud. Insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatgan Shomahmudovlar oilasi fikrimizning yaqqol isboti bo‘la oladi.

Davlatimiz rahbari raisligida 28 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada yangi tizim joriy qilinishi belgilangan edi. Bunday xaytli ishga bosh-qosh bo‘lish va tizimli yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yuklatildi.

Qisqa vaqt ichida xonadonida oilaviy bolalar uyi tashkil qilish tashabbusi bilan Sirdaryodan ham ko‘plab murojaatlar bo‘ldi. Jumladan, Guliston shahridagi "Bahor" mahallasida istiqomat qiluvchi Boltayevlar oilasining arizasi mutasaddilar tomonidan o‘rganib chiqildi.

Shu tariqa belgilangan tartibda “Bolalar shaharchasi”ning 5 nafar bola ushbu oila qaramog‘iga berildi.

Oilaviy bolalar uyi faoliyatini boshlaganligi munosabati bilan tashkillartirilgan tadbirda mehmonlar xonadon egalarining kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilagan holda, bu ezgu amallarida doimo ko‘makdosh bo‘lishlarini ta’kidlashdi. Oila a’zosiga aylangan o‘g‘il-qizlarning ma’naviyatli va vatanparvar bo‘lib kamol topishlariga ishonch bildirishdi.

Endilikda o‘g‘il-qizlar haqiqiy oila taftini his etib voyaga yetadigan bo‘ldi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish