Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat ahlining murojaatlarini qabul qilishda yana bir qulaylik
Bugungi kunda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning turli ko‘rinishlaridan foydalanilmoqda. Mutasaddi rahbarlarning sayyor qabullari, mahallabay, uyma-uy uchrashuvlar, muhtaram Prezidentimiz ko‘rsatmalariga asosantashkil etilgan xalq, vertual qabulxonalar deysizmi, barchasi yurtdoshlarimizni rozi qilish, mushkulini oson qilib, muammolarini hal etishga xizmat qilmoqda.

Agar fuqaro bu kabi uchrashuv, qabullarda ishtirok etolmagan bo‘lsa, onlayn murojaat qilishga sharoiti bo‘lmasa nima qiladi, degan haqli savol tug‘ilishi mumkin.

Guliston shahar hokimligi binosida yuqoridagi xollarga duch kelgan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir yangicha tizim tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yildi.

Gap shundaki, hokimlik binosining kiraverish qismiga o‘rnatilgan yangi qurilma vositasi orqali fuqaro murojaatlarini mazmunidan kelib chiqib, shaxsan hokim va mutasaddi tashkilot, idora raxbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llash imkoni yaratildi.

Shahar hokimi T.Dadabayev viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev va barcha tashkilot, idora rahbarlariga qilgan taqdimotida qurilmaning qulayliklari va afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida viloyat hokimi Gʻ.Mirzayev tajribadan muvaffaqiyatli o‘tgan qurilmani ma’qullab, viloyatning barcha hududlarida foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbuslari, xayrli amallari, izchil islohotlari samarasidan, avvalo, ko‘ngli o‘ksik, mehr-muruvvatga muhtoj, ehtiyojmand yurtdoshlarimiz, shuningdek, o‘z faoliyatida ayrim to‘siqlarga duch kelayotgan islanuvchan tadbirkorlar muammolari bartaraf etilib, nihoyat o‘z hayotidan rozi va mamnun bo‘lib umrguzaronlik qilishlari asosiy maqsaddir.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish