Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +27.3C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Maqsad – aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash
Sirdaryo viloyatining Sardoba, Xovos, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari hamda Guliston shahri aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan keng jamoatchilikni boxabar qilish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Press-tur ishtirokchilari dastavval Jizzax viloyatining Zomin tumani "To‘rt- tom" MFY hudidida joylashgan "Zomin suv inshooti" To‘rt-tom uchastkasi bilan tanishdilar. 

Umumiy yer maydoni 27 gektarni tashkil etgan inshoot 2016-2017 yillar davomida Johon banki va Respublika mablag‘lari hisobiga to‘liq qayta ta’mirlangan. Inshoot hududi 6.2 km beton g‘ishtlar bilan o‘ralib, yangidan 11 dona tik quduqlar o‘rnatilgan. Polsha va Germaniya davlatlarida ishlab chiqarilgan zamonaviy elektr energiya tejamkor 30 kvt bo‘lgan TVs -120/60 markali suv nasoslari bilan jihozlangan. Mavjud 2 dona har biri 500 m3 bo‘lgan 1000 m3 li suv to‘plash xovuzi to‘liq ta’mirdan chiqarilgan.

Inshootda barcha qulayliklarga ega ma’muriy bino, suv analiz qilish labaratoriya, yagona boshqaruv tizimiga ulangan despechirlik xonasi, ta’mirlash binolari qurilgan. 

Shundan so‘ng OAV vakillari aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlarni Sadoba tumani misolida tanishdilar.

Tumandagi "Birlik" mahallasi fuqarolarining salkam 36 yillik armonlar ushaldi. Sababi shu davr mobaynida hududda ichimlik suvi tarmog‘i ishlamas edi. Bugun esa aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanishi bilan bir qatorda mahalla "Obod qishloq"," Obod mahalla" dasturiga asosan to‘liq yangicha qiyofa kashf etayotganligidan benihoya mamnun. 

Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tuman hokimi A. Hidirov va mutasaddi tashkilotlar vakillari atroflicha tanishtirdilar. Jumladan, Sardoba tumanida 2016 yil boshiga ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 5% ni tashkil etgan. 2016 yildan bugungi kunga qadar 233,2 mlrd.so‘m mablag‘lar hisobidan 263,4 km masofada ichimlik suv tarmoqlari yotqizilib, ta’minlanish darajasi 66,4%ga yetgan. Tumanda mavjud 15 ta mahallaning 10 tasi ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlangan. Qolgan 5 ta mahallaning 2 tasida “Obod qishloq” dasturi bilan qurilish ishlari olib borilmoqda va yil yakuniga qadar ushbu mahallalar ham to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlanadi va ta’minlanish darajasi yil yakunida 82,3% bo‘lishi belgilangan. 2022 yil uchun shakllantirilgan davlat dasturi bilan 3 ta, ya’ni “Zomin”, “Birlashgan” hamda “Fayzliobod” mahallalari ham ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu mahallalardagi aholiga ichimlik suvlari maxsus transportlar orqali yetkazib berilmoqda.

Bugungi kunda 21,5 km oqova suv tarmoqlari qurildi, 8 ta kanalizasiya nasos stansiyalarini (KNS) rekonstruksiyalash va 1 ta yangi KNS ob’yektlarda, 3 dona oqova suv tozalash inshootlarida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida 135 798 nafar aholi (51,0% dan 71 184 kishi; 70,3% gacha 135 798 kishi) markazlashgan kanalizasiya xizmatiga ega bo‘ladi. Loyiha yakuniga yetkazilgandan so‘ng viloyat bo‘yicha oqova suv bilan ta’minlanish darajasi 28,9 %ga yetkaziladi.

Shuningdek, viloyatda oqova suv tizimini takomillashtirish, zamon talablari darajasiga yetkazish maqsadida Islom taraqqiyot bankining 57,5 mln dollar kredit mablag‘lari hisobidan “Sirdaryo viloyati Guliston, Yangiyer va Shirin shaharlari kanalizasiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida 120 km kanalizasiya kollektorlarini qurish va rekonstruksiya qilish, 13 ta kanalizasiya nasos stansiyalarini (KNS) rekonstruksiyalash, 4 ta yangi KNS qurish, oqova suv tozalash inshootlarini (KOS) quvvatini kuniga 41 000 m3/ga yetkazish hamda 355 ta ko‘p qavatli uylarni markazlashgan oqova suv tizimiga ulash rejalashtirilgan.

Press-tur ishtirokchilari bu borada olib borilayotgan ishlarni Guliston shahri misolida tanishdilar. 

Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish