Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +27.3C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
"Terakzor"da yangi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirildi
“Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturi doirasida Guliston tumanining “Terakzor” mahallasi va “Sharq haqiqati” qishlog‘i tom ma’noda qurilish – ta’mirlash, obodonlashtirish maydoniga aylangan.

Hududlarda toza ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ta’mirtalab ichki yo‘llari, ijtimoiy soha ob’yektlari bilan bog‘liq mavjud muammolar bartaraf etilmoqda.

Bundan tashqari “Terakzor” mahallasida qishloq infratuzilmasini rivojlantirish hamda "Obod qishloq" dasturi asosida barpo etilgan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo shoxobchalari foydalanishga topshirildi.

Maskandagi "Go‘zallik saloni", kompyuter xizmatlari kabi loyihalar aholining bandligini ta’minlashda alohida o‘ringa ega bo‘ldi.
Quvonarli jihati, shoxobchada mahallada istiqomat qiluvchi "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga ro‘yxatga olingan fuqarolarning 7 nafarining bandligi ta’minlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish