Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Onkologiya va radiologiya shifoxonasiga Belgiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan 1 milliard 160 million so‘mlik tibbiy uskunalar keltirildi
Sirdaryo viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning barcha yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan viloyatda tibbiyot klasteri tashkil etilishi aholi salomatligini asrash, profilaktika qilish, yuqumli va yuqumsiz bo‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida muhim qadam bo‘ldi.

Yaqinda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyat filialiga Xitoy va Belgiya davlatlarida ishlab chiqarilgan, eng so‘ngi rusimdagi “VERSA Epk” v1500c prosessorli EG27V10 video gastroskop,  qon analizator va narkoz apparati  Osiyo taraqqiyot bankining 1 milliard 160 million so‘m mablag‘i hisobiga keltirildi.

Mazkur apparatlarning afzalliklari va qulayliklari mutaxassislarga samarali ishlash imkoniyatini beradi. Birgina qon analizatori qonning umumiy tahlilini o‘tkazib, bir vaqtning o‘zida 19 ta ko‘rsatkich bo‘yicha javoblarni taqdim etadi. Shuningdek, “VERSA Epk” v1500c prosessorli EG27V10 video gastroskop qizil o‘ngach, oshqozon, o‘n ikki barmoqli ichakda yuz berayotgan o‘zgarishlarni  ND formatdagi ekranga  aniq va sifatli uzatib beradi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish