Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +27.3C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sardoba toshqini omilkorning g‘ayratini sindira olmadi
Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanining Shodlik qishlog‘ida yashovchi Abror Qayumov yer bilan tillashgan omilkor yoshlardan.

Dastlab u xonadon tomorqasida 4 sotixli issiqxona tashkil etgan edi. Sardobada ro‘y bergan texnogen falokat oqibatida suv bosgan xonadonlar qatori uning issiqxonasi ham jiddiy zarar ko‘rdi. Yoshlik shijoati sabab, Abror tushkunlikka tushmay barchasini boshidan boshlashga, yo‘qotganlarini qaytarishga tezda kirishdi. Bankdan 44 million kredit olib, tomorqasiga yangi tuproq to‘ktirdi, 4 sotixli issiqxonani 16 sotixga kengaytirgan holda qayta tikladi. Yerga bodring, pomidor urug‘larini qadadi. Hozirga kelib ekinlar baravj rivojlangan. Omilkor birinchi hosilni olishga ham ulgurdi.

–Tomorqa daromad manbai, - deydi Abror Qayumov. – Faqat undan unumli foydalana olishni bilish kerak. Pomidor, bodring hosilidan so‘ng, issiqxonada ukrop, kashnich yetishtirib bozorga chiqaramiz. Shu tariqa issiqxonadan yil bo‘yi hosil olinadi.  

Qishloqda tomorqadan unumli foydalanib, oilasi farovonligi, ro‘zg‘ori butligini ta’minlayotgan oilalar yana ko‘plab topiladi. Asosiysi esa, maqsadi  sari intilgan, yerning chinakkam egasi bo‘lgan Abror kabi yoshlar safi tobora ortmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish