Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Rag‘bat yangiliklar yaratishga chorlaydi
Sirdaryo tumani «Ohanrabo Media» MChJ ga qarashli “Erkatoy” nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining o‘z faoliyatini boshlaganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Shunga qaramay mazkur muassasada tumanning turli hududlaridan 350 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz ta’lim-tarbiya olmoqda.

– Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalarning 108 nafar farzandi bog‘cha to‘lovining 50 foizi miqdorida pul to‘laydi, – deydi Malika Gʻaniyeva. – Bog‘chada mashg‘ulotlar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Shuningdek, kichkintoylarga ingliz tili saboqlari ham berib borilmoqda. Bog‘chada 4 ta tayyorlov guruhi mavjud.

“Quyosh” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi aholining aytishicha, bir vaqtlar bolalar bog‘chasi bo‘lgan mazkur hudud keyingi yillarda qarovsizligi tufayli tashlandiq bir makonga aylanib qolgan. Tadbirkor Malika Gʻaniyevaning yelib yugurishi natijasida bu yer bank sarmoyasi asosida go‘zal maskanga aylandi.

Bolalar bog‘chasi jahon andozalari talablari asosida milliy uyg‘unlikni o‘zida aks ettirgan holda jihozlangan. Har bir guruhda o‘ziga xoslik, milliy ana’na va ruh mujassam. Tarbiyachi va yordamchilari ham tanlov asosida ishga qabul qilingan. Bog‘chada iqtidorli bolalar juda ko‘p. Shu bois iqtidorli bolalar uchun alohida guruh tashkil qilish maqsadida qo‘shimcha bino qurilishi ham boshlab yuborilgan. Tadbirkor kelgusida maktab ham qurish barobarida o‘ziga xos klaster tashkil qilish niyatida. Ya’ni iqtidorli bolalar maktabini tashkil qilib, oliy o‘quv yurtlari uchun talabalar yetkazib berishga va ularning to‘lov kontraktlari va boshqa xarajatlarini ham ta’minlashni rejalashtiryapti. Tadirkor o‘z iste’dodini namoyon etgan, iqtidorli yigit-qizlarni oliygohni tugatganidan so‘ng ish bilan band qilish haqida ham rejalar tuzmoqda.  

Bolalarni ertalab bog‘chaga olib kelish va manzilga yetkazish uchun muassasaning maxsus avtobusi xizmat ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida tumanning chekka hududlaridan bog‘chaga keluvchi bolajonlar va ularning ota-onalari uchun ham birmuncha qulaylik yaratadi.

Tadbirkor oila a’zolari bilan birgalikda quyonchilik, tovuqchilik bilan shug‘ullanib, aholiga parhez go‘sht mahsuloti yetkazib bermoqda.

Elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan ayolning mehnatlari e’tibordan chetda qolmadi. M.Gʻaniyeva Prezidentimizning farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.  

– Men bunday e’tibor, rag‘batni kutmagan edim, – deydi Malika Gʻaniyeva. – Yurtimizda chin dildan mehnat qilgan insonning mehnati qadr topar ekan. Bunday ulkan rag‘bat esa biz, tadbirkorlarni yangiliklar yaratish, imkoniyatimizni to‘liq ishga solib xizmat qimlishga chorlaydi.  

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish