Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston davlat universitetining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Raximjon Xakimov xizmat safari bilan Guliston davlat universitetida bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari kun tartibidagi asosiy masala Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 16 iyunda “Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalar muhokamasi”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, universitetning ilmiy va innovasion faoliyatini tubdan yaxshilash, tadqiqotlar yo‘nalishlarini global masalalarga moslashtirish borasida amalga oshiriladigan vazifalar yechimiga to‘xtaldi.

R.Xakimov universitet rahbariyati bilan ishchi tartibda ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida universitetning Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori A.Sulaymonov ilmiy salohiyatni yaxshilash, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar oldida turgan muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida universitetning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni ko‘zdan kechirildi va bu yilgi qabul, ijodiy va magistratura imtihonlarini yuqori saviyada tashkil etish lozimligi qayd etildi.

Xizmat safarining ikkinchi kunida R.Xakimov ilmiy va innovasion tadqiqotlar olib borayotgan yosh olimlar, iqtidorli talabalar bilan uchrashib, fikr almashdi. Uchrashuvlar bevosita savol-javob formatida tashkil etildi. Dastlab vazir o‘rinbosari hozirgi zamonaviy ilmiy tadqiqotlarga qo‘yilayotgan talablar, ilmiy va innovasion tadqiqotlar materiallarini chop etishdagi muammolar, jumladan, “Scopus”, “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari tarkibidagi “yirtqich” nashrlarni to‘g‘ri ajrata olish, ilm va fan integrasiyasi kabi dolzarb masalalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng qizg‘in mulohazalarga boy uchrashuv yosh tadqiqotchilar tomonidan bildirilgan savol va takliflar muhokamasi bilan davom etdi.

Kunning ikkinchi yarmida vazir o‘rinbosari Jahon banki hamkorligidagi loyiha doirasida tashkil etilgan universitetning eksperimental biologiya laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va laboratoriya ilmiy xodimlari bilan muloqot qildi.

Muloqot jarayonida laboratoriya ilmiy xodimlari o‘zlari olib borayotgan tadqiqot ishlari mazmun-mohiyatini tanishtirishdi, so‘ng ilmiy tadqiqotlarida vujudga kelayotgan muammolar, xususan, o‘simlik moddalari biokimyoviy xususiyatlarini aniqlashda foydalaniladigan noyob radioktivlar bilan ta’minlash, xorijdan laboratoriya qurilmalarini yetkazib berish, innovasion ishlanmalarni akkreditasiyalash jarayonlari bo‘yicha fikrlar, shuningdek, laboratoriya faoliyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘z navbatida R.Hakimov har bir murojaatlarni alohida qayd qilib, mazkur masalalar tez orada o‘z yechimini topishini va laboratoriya faoliyatini kengaytirishda vazirlik tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini qayd etdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish