Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +27.3C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayevning “Yoshlar kuni” munosabati bilan sirdaryolik o‘g‘il-qizlarga tabrigi
Aziz o‘g‘il-qizlarim! Barchangizni yurtimiz hayotidagi yana bir muhim bayram — Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklarkanman, Sizlarga chuqur mehrim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g‘oyat mamnunman.

Bugungi kunda mamlakatimizda, jumladan, viloyatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, sanoat, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda izchil olib borilayotgan islohotlar samarasi dillarni xushnud etadi. Quvonarli jihati, bu yutuqlarga erishishimizda jasoratli o‘g‘il-qizlarning ham munosib hissalari bor. Izlanuvchan, tirishqoq, yangilikka intiluvchan yoshlarimizning mehnat yutuqlari va samarali faoliyatlarini barchaga ibrat qilib ko‘rsatsak arziydi.

Vatanimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lida ko‘plab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqdalar. Bilimga chanqoq, olovqalb yoshlar oliy o‘quv yurtlarida taxsil olib, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari rivojiga katta hissa qo‘shishlariga ishonamiz. Bu yil maktablarni tamomlagan yoshlarimizdan 75 nafari muddatidan oldin oliy ta’lim muassasasiga talabalikka qabul qilingan bo‘lsa, 23 nafari Yevropa va Rossiya davlatlardagi nufuzli institut va universitetlari talabasi bo‘lishgani quvonarli holdir. Oliy ta’lim tizimida islohotlar jadallik bilan amalga oshirilayotganligi natijasida 6 oy ichida 12 nafar yosh olimlar ilmiy ish yoqlashdi. Yil oxirigacha bu ko‘rsatgich 25 taga yetkazilishi kutilmoqda.

Birgina sport bo‘yicha viloyat tarixida ilk bor 5 nafar sportchi yoshlarimiz Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiadada ona Vatanimiz sha’nini himoya qilishadi. Bu Yurtboshimiz belgilab bergan yangi uyg‘onish - Uchinchi Renessansni qurishga qodir bo‘lgan yoshlar safi viloyatimizda ham kengligi barchamizni quvontiradi.

Joriy yil 28 iyun kuni Muhtaram Prezidentimiz farmoniga muvofiq Dilshod Karimov hamda Yorbek Mavlonov “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga loyiq topilganliklari, shuningdek, kuni kecha imzolangan qaroriga ko‘ra Shahnoza Abdatova “Kelajak bunyodkori”, Nargiza Xolbayeva, Safina Sadullayeva va Abdulaziz Sultonov “Shuhrat” medallari bilan taqdirlanganliklari fikrimizning yana bir isbotidir.

O‘z navbatida jamiyatda munosib o‘rnini topishga qiynalayotgan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Yil boshida 20 017 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, 6 oy ichida 16 693 nafar yoshlarga yordam ko‘rsatilib, daftardan chiqarildi, 1 iyul holatiga “Yoshlar daftari”da 3,3 ming nafar yoshlar hisobda turibdi. Ro‘yxatda qolayotgan yoshlar bilan ham manzilli rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirib, tez orada “Yoshlar daftari”dan chiqarish choralari ko‘rilayapti. Bunga erishishda, albatta, yon-atrofingizdagi do‘stlaringizga ko‘maklashishingiz, erishayotgan yutuqlaringiz bilan o‘rtoqlashib, yo‘l-yo‘riq berishingiz ularga dalda va turtki bo‘lishi, shubhasiz. 

Sizlarni naqironlik bayrami – Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish