Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 4

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

OGOHLIK – DAVR TALABI

18 Aprel, 2017
336

Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da  ogohlik – davr talabi, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Abdug‘aniev kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

Mamlakatimizda barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyatni iqtisodliy rivojlantirish, ijtimoiy soha taraqiyotini ta’minlash, fuqarolar ehtiyojlarini to‘la qondirish, aholining  hayot darajasini oshirish va yashash sharoitini yaxshilash, keng ko‘lamli ijro intizomini mustahkamlash borasida  tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq, tanqidiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mahallalarda, ijtimoiy muassasalarda eng muhim masalalardan biri ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Ma’ruzachilarga so‘z berilishidan oldin ogohlikka dav’vat etuvchi videofilm namoyish etildi.

Dastlabki so‘z shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Obidovga berildi. Notiq jinoyatchilik butun dunyoda global muammoga aylangani haqida gapirdi. Jinoyatchilik, diniy ekstremizm kundan kunga kuchaymoqda. Ming afsuski, chetga ishlash uchun ketganlarning ana shu  oqimga qo‘shilib, jangarilar girdobiga tushib qolayotganlari ham bor. Notiq ayni  kunlarda chetga ishlash uchun ketgan, ammo uzoq vaqtdan beri bu erdagi ota-onasi, oilasi bilan aloqasi uzilib qolgan  yurtdoshlarimiz haqida gapirdi. Hujjatlarini yo‘qotib, uyiga sertifikat bilan qaytib kelayotganlar to‘g‘risida alohida to‘xtaldi.

Bola tarbiyasi oiladan boshlansa, mahalla hududdagi yoshlarga ko‘z-quloq bo‘lsa, bola yaxshi tarbiya egasi bo‘ladi va ota-onasini, oilasini, qavmu qarindoshini, mahallasini erga qaratmaydi, dedi u.

Ana shu fikrlarni shahardagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nuriddin Latipov davom ettirdi.

Viloyat bosh imom-xatibi Mo‘minjon hoji Usmonov ishtirokchilarning diqqatini hozir videofilmda namoyish etilgan voqealarga  jalb qildi. Jangarilarga qo‘shilganlarning holi ana shunday yakun topishi muqarrarligini tushuntirdi. Yoshlarning bugungi yurish-turishi, madaniyati haqida o‘zi ko‘rgan, guvoh bo‘lgan ayrim misollarni keltirdi.

Shahar hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasining raisi Yulduz Abdukarimova o‘z chiqishida yoshlar, xotin-qizlar bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruhlarining faoliyati haqida to‘xtaldi. Viloyat  mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Bekmurod Akbarov chetga ishlash uchun bormoqchi bo‘lganlarga qanday hujjatlar rasmiylashtirish zarurligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Ish o‘zimizda ham etarli, chetga borishning hech hojati yo‘q, dedi u.

Ta’lim va fan hodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi raisi Ravshan Bedilov, Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat boshqaruvi maslahatchisi Rustam Bektemirov, Respublika “Mahalla Ziyosi” o‘quv markazi mas’ul xodimi Bahodir Suyunovlarning chiqishlari ishtirokchilarni befarq qoldirmadi.

Yig‘ilishda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlik va missionerlikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning natijalariga tanqidiy baho berilib,  kelgusida amalga oshiriladigan muhim vazifalar to‘g‘risida kelishib olindi.

 

Ortiq SULTONOV.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
May 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Apr    
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×