Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2013 yil “Yangi yil” bayramiga bag’ishlangan bayram tabrigi

 VILOYAT HOKIMI O. SH. ASHURMATOVning

 YANGI YIL MUNOSABATI BILAN OMMAVIY AXBOROT  VOSITALARI ORQALI VILOYAT XALQIGA

 TABRIGI

 O‘tayotgan 2013 yilni katta shukronalik va mamnuniyat bilan kuzatmoqdamiz. Katta orzu va maqsadlarimizga erishdik, erkin va mustaqil davlat qurish, fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz o‘zining samaralarini ko‘rsatmoqda. Iqtisodi-yotimiz barqaror sur’atlar bilan o‘syapti, aholining yashash darajasi yuksalmoqda, yurtimiz qiyofasi tobora chiroy ochib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori oshmoqda.

Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda aytganlaridek, “Eng muhimi, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligi va ta’sirchanligi O‘zbekistonning dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishi  uchun bugungi kunda barcha imkoniyatlar yaratildi, deb aytishga to‘la asos bo‘ladi”.

Muhtaram Yurtboshimiz yana ta’kidlab o‘tdilarki, “Faqat xalqimizning mardligi va matonati, jonkuyarligi va qat’iyati, odamlarimizning beqiyos mehnati barchamizga haqli ravishda faxru iftixor bag‘ishlaydigan ulkan yutuq va natijalarga erishish imkonini berdi”.

Yurtimizdagi hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, turli millat va elat vakillarining mustahkam do‘stligi, ular o‘rtasidagi  o‘zaro hurmat va mehr – oqibat barcha yutuqlar garovi bo‘ldi.

Har yili Yangi yil ostonasida turib, o‘tayotgan yilga qarab, nimalar qildik, nimalarga ulgurmadik, deya sarhisob qilish  udumlarizdan hisoblanadi.

O‘tayotgan  “Obod turmush yili”da salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritdik. Davlat dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 2013 yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalari maqsadga yo‘naltirilgan holda izchil amalga oshirildi. Jahon iqtisodiyotida davom etayotgan inqirozli hodisalarning oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish yuzasidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilishi tufayli O‘zbekistonda iqtisodiyotning o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy barqarorlik mustahkamlandi. Ayniqsa, sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar tizimli amalga oshirildi.

2013 yil uchun belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar hamda asosiy sohalarda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarning ta’minlanishi va iqtisodiyot tizimida yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 1 trillion 424,5 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 6,9 foizga o‘sishga erishildi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 1 million 433 ming so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,2 foizga yoki 557,1 ming so‘mga ko‘p demakdir. Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 102,9 foizga, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish 106,9 foizga, asosiy kapitalga investitsiya kiritish 112,1 foizga, qurilish-pudrat ishlari 112,2 foizga, chakana tovar aylanmasi 116,3 foizga, pullik xizmatlar 116,8 foizga, xizmatlar hajmi 117,0 foizga  va  eksport 183,6 foizga ta’minlandi. Natijada, viloyat yalpi hududiy mahsulotida kichik biznesning ulushi 71,5 foizni, xizmatlar ulushi esa 35,0 foizni tashkil etdi.

Viloyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloqdagi fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bozor infratuzilma ob’ektlarini tashkil etish va ularning muntazam faoliyatini ta’minlash va huquqiy shart-sharoitlar yaratish natijasida jami 843,2 milliard  so‘mlik (103,9%) yalpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi.  24 ta korxona tomonidan 44,5 million  AQSH dollari miqdorida mahsulot va xizmatlar eksporti amalga oshirildi va o‘sish sur’ati 112,5 foizga  ta’minlandi. Bu  o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 222,5 foizga oshdi. 9 ta yangi eksportyor korxonalar tomonidan eksport operatsiyalari boshlanib, 34,6 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Yanvar-sentyabr oylarida dastur doirasida 14 ta loyiha bo‘yicha

17,7 million dollarga teng xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilinishi belgilangan bo‘lsa, amalda 20 ta loyiha bo‘yicha jami 18,2 million dollarlik investitsiyalar, shundan 17,2 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilindi  va bu boradagi ko‘rsatkich 100,9 foizni tashkil etdi. Buning hisobiga, qo‘shimcha qariyb 9,2 milliard  so‘mdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.

626 ta ishlab chiqarish korxonalari, shundan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 152 ta yangi korxona tashkil etildi. Ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlarining soni  6807 taga etdi. Ular tomonidan viloyatimizda oldingi yillarda ishlab chiqarilmagan yangi turdagi, jumladan pillani qayta ishlash, adras matolar ishlab chiqarish, polimer mahsulotlar uchun kalьsid eritmalar ishlab chiqarish, plastmassa mahsulotlarini qayta ishlash turlari yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, “2013-2015 yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi”ni ishlab chiqqanmiz. Dastur doirasida 2013-2015 yillarda umumiy qiymati 266,2 million dollar bo‘lgan 1054 ta loyiha amalga oshirilishi va 22516 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilab olindi. SHundan, yanvarь-sentyabrь oylarida umumiy qiymati 59,5 million dollarlik 803 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilib, amalda jami 855 ta loyihalar ishga tushirildi (rejaga nisbatan 106,5%) va 59,8 million dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirildi hamda 11676 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosini ta’minlash, ish joylarining hisobini va monitoringini yuritish, ishsiz aholini, birinchi navbatda, yoshlarni yangi ish o‘rinlariga ishga joylashtirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bandlik dasturiga ko‘ra joriy yilning 9 oyida viloyat bo‘yicha 30839 ta o‘rniga  amalda 32175 ta ish o‘rinlari tashkil etildi va dastur parametrlari 104,3 foizga bajarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 noyabrdagi

1855-qaroriga asosan viloyatda 2013 yilda respublika markazlashgan byudjet mablag‘idan 47,0 milliard so‘m  hisobidan  96 ta ob’ekt qurilishi,   2013 yil 4 yanvardagi “2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1902-sonli qaroriga asosan viloyatning 8 ta tumani 8 ta massivida 430 ta namunaviy loyiha asosida uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. SHundan,  320 tasi “Osiyo taraqqiyot banki”ning imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga va 110 tasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maqsadli kredit liniyasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilmoqda.

2013 yil biz uchun yana shunisi bilan esda qolarliki, viloyatimizga muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov tashrif buyurdilar va amalga oshirayotgan ishlarimiz bilan yaqindan tanishdilar, qator tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar. Biz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha tadbirlarimizni muhtaram Yurtboshimizning qimmatli maslahatlari asosida tashkil etdik. Ayniqsa, ularning sirdaryoliklarga bergan katta baholari muvaffaqiyatlarimizning garovi bo‘ldi.

Yaqinda respublikamizda, shu jumladan, viloyatimizda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi bo‘lib o‘tdi. Demokratik ruhda, muqobillik  asosida o‘tkazilgan saylovlar natijasida 352 nafar rais (oqsoqol) va 3457 nafar ularning maslahatchilari saylandilar. Fursatdan foydalanib, yangi saylangan raislar va ularning maslahatchilarini chin yukrakdan tabriklab, ularning ishlariga muvaffaqiyatlar tilayman.

Hayotimizda yuz berayotgan ana shunday o‘zgarish va yangilanishlarning ijodkori va bunyodkori bo‘lgan Siz, aziz yurtdoshlarimga munosib xizmatlaringiz uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Sizlarning mehnatingiz tufayli viloyatimiz respublikaning peshqadam viloyatlari qatoridan o‘rin olmoqda.

Eshik qoqib kelayotgan Yangi  yilni muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov “Sog‘lom bola yili” deb nomladilar. Yilning bunday atalishi ko‘ngillarni tog‘day ko‘tardi, axir, bolasini sog‘lom, barkamol, aql-zavovatli, baxtli bo‘lishini istamagan ota-ona bormi, yo‘q aslo.  SHunday farzandni voyaga etkazish, hayotda  munosib o‘rin egallashishiga erishish ota-onaning orzusi-ku.

Biz “Sog‘lom bola yili” munosabati bilan katta dastur tayyorlashga kirishdik. Unda muhtaram Yurtboshimizning “Sog‘lom bola – avvalo sog‘lom va ahil oilaning mevasidir” degan so‘zlarini bosh g‘oya qilib belgilaymiz. Onalik va bolalikni himoya qilish, oilada sog‘lom muhitni kuchaytirish, ularni iqtisodiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlash kabi masalalar dasturning asosini tashkil etadi.

Sog‘lom bolani voyaga etkazishda sog‘liqni saqlash tizimining o‘rni va ta’siri, shu bilan birga, mas’uliyati dasturning etakchi boblaridan biri bo‘ladi. Ota-onalarning tibbiy madaniyatini oshirish, bolani ilmli bo‘lishiga erishish, sportga qiziqishini ta’minlash masalalari dasturdan o‘z o‘rnini topadi. Sog‘lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarning katta o‘rni va ta’siri borligini nazarda tutib, dasturdan ular uchun alohida joy ajratiladi.

Yangi yilga mo‘ljallangan bunday dastur va rejalarimiz o‘tib borayotgan 2013 yildan aslo kam bo‘lmasligiga, hayotimizning har tomonlama fayzli va barakali, sermazmun bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonaman.

Yangi yil hammaga, har bir oilaga,  baxtu saodat va omad olib kelsin. Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, muhtaram Yurtboshimiz hamisha sog‘-salomat bo‘lsinlar.

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

 

         Oybek ASHURMATOV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

                    Senati a’zosi, viloyat hokimi 

 

 

 

1 098

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Noyabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Okt    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×