Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 8

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2013 yil Navro’z umumxalq bayrami tantanasida so’zlagan nutqi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATI A’ZOSI,

SIRDARYO VILOYATI  HOKIMI

OYBEK ASHURMATOVning

NAVRO‘Z UMUMXALQ  BAYRAMI TANTANASIDA SO‘ZLAGAN NUTQI TEZISLARI

 

2013 yil  19  mart                                    Guliston shahri

                                  

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!

Muhtaram tantana qatnashchilari!

Aziz mehmonlar!

Yurtimizga hammamiz orziqib kutgan  bahor ham kirib keldi.  Ko‘klam nafasi  kuchayib, ona zaminimiz o‘zgacha tusga kirayotgan shu ajoyib kunlarda Siz, azizlarni, sizlar timsolingizda barcha sirdaryoliklarni   Navro‘zi olam  bilan chin qalbimdan tabriklayman. Har bir kuningiz Navro‘z bo‘lsin, Navro‘zdek  shodliklarga, to‘kinchi-liklarga  boy bo‘lsin!

Navro‘z  milliy qadriyatlari-mizga, ma’naviyatimizga chuqur singib ketgan. Muhtaram Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, “Hech shubhasiz, aytish mumkin: avvalo xalqimizni o‘z ota-bobolarining o‘lmas qadriyatlariga, urf-odatlariga bo‘lgan sadoqati, iroda va qat’iyati tufayli Navro‘zi olam, mana, ming yillar davomida yurtimizda bezavol, abadiy yashab kelmoqda.”

Chindan ham Navro‘z deganda, biz  xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni tushunamiz.  Beg‘araz yordam, muruvvat kabi fazilatlar ham aynan Navro‘z kunlari keng quchoq yoyadi.  Navro‘z deganda,  mahallalar, aholi turar-joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tozalik, poklik, “Obod turmush yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishni  anglaymiz.

Yangi yilimiz muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan “Obod turmush yili” deb e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan biz ham viloyatda  “Obod turmush yili”  dasturini qabul qildik.  Tinchlik va osoyishtalikni saqlash, fuqarolar va millatlararo ahillik va hamjihatlik dasturimizning asosiy mag‘zini tashkil qiladi. Aholi farovonligini, real daromadlarini oshirish, bandlik masalalarini  echish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik haraka-tini yanada rivojlantirish, ijtimoiy yordam tizimini takomillashtirish kabi vazifalar dasturdan mustahkam o‘rin oldi.

Inson salomatligini mustahkam-lash, xalqimizning hayot sifati va darajasini  yuksaltirish, jumladan, yangi uy-joylar, zamonaviy yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, aholi punktlarini  toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, kommunal xizmat sohasidagi  muammolarni echish kabi dolzarb masalalar bo‘yicha dasturda aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Hayotimizni obod qilishning muhim sharti – bu avvalo mahallani obod qilish demakdir, degan tamoyil dasturning asosini tashkil qiladi.

Albatta, 2013 yilda oldimizga ana shunday ulkan vazifalarni qo‘yar ekanmiz, ularni amalga oshirish uchun har bir sirdaryolik o‘zining munosib ulushini qo‘shishiga ishonaman.

Siz-u biz o‘tgan yili Navro‘z kunlari “Xirmonimiz mo‘l bo‘lsin!” deya bildirgan istaklarimiz o‘z ijobatini topdi. Buning uchun Yaratganga beadad shukrlar aytamiz.

Bu yil ham Navro‘z kunlari ana shunday ezgu-niyatilarimizni aytib, yilimiz qutlug‘ kelishini, yutuqlarimiz sarbaland bo‘lishini, niyatlarimiz to‘liq amalga oshishini, dehqonlarimizning ekkan ekinlari  mo‘l hosil berishini, chorvador-larimiz chorvasiga, bog‘bonlarimiz va mirishkorlarimiz hosiliga Xudodan baraka so‘raymiz.

Yurtimiznining shahar-u qishloq-lari, maahallalari, har bir ko‘chasi, har bir xonadoni bundan ham obod, fayzli bo‘lsin. Oilalar mustahkam bo‘lib, xonadonlarimizda faqat yaxshi kunlar, to‘ylar bo‘lib, farzand-larning kamolini, jamolini ko‘rib, faxrlanib yurish hammamizga nasib  etsin.

 Aziz yurtdoshlar! 

 Sizlarni yana bir bor Navro‘zi olam bilan tabriklayman. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch bo‘lsin. Hammamizning baxtimizga Yurtboshimiz xalqimiz bilan birga omon bo‘lsinlar!

 

E’tiboringiz uchun katta rahmat.

 

977

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Noyabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Okt    
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×