Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 9

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2013 yil “Qinabek Ukubayev muzeyi” tashkil etilishi munosabati bilan o’tkazilgan tantanada so’zlagan nutqi

Viloyat hokimi

 Oybek ASHURMATOVning

“Qinabek Ukubaev muzeyi” tashkil etilishi munosabati

bilan o‘tkazilgan tantanada so‘zlagan  nutqi tezislari

 

                                                                                 2013  yil 10 may                        Oqoltin tumani,                                                                                      

                                                          Sardoba posyolkasi 

Hurmatli tantana qatnashchilari!

 Har yili 9 mayni “Xotira va Qadrlash” kuni sifatida keng nishonlaymiz. Muhtaram Yurtboshimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning “Xotirasi  bo‘lmagan, tarixini unutgan, o‘z ajdodlarining qadriga etmaydigan millatning istiqboli yo‘q”  degan so‘zlari  mana shu tabarruk kunning bosh shiori bo‘lib hisoblanadi.

Zero, xotira deganda  ko‘z o‘ngimizdan Vatan uchun, shu yurt, shu xalq, deb kurashgan, kuch-qudrati, aql–zakovatini ayamagan, kerak bo‘lsa, shu yo‘lda jon fido qilgan  buyuk zotlar bir-bir o‘tadi.

Bugun hammamizni shu erga jamul-jam qilgan Mirzacho‘lni o‘zlashtirishda faol ishtirok etgan cho‘lquvarlardan biri,  Mehnat Qahramoni, aziz inson,  marhum Qinabek aka Ukubaev!

Bir vaqtlar odam yursa oyog‘i, qush uchsa qanoti kuyadigan biydek cho‘lda bugun ko‘rkam bog‘-rog‘lar, keng paxtazor, g‘allazorlar paydo bo‘ldi. Muhtasham shahar-u qishloqlar bunyod etildi. Mirzacho‘l chin ma’noda gullagan vohaga aylandi.

Mirzacho‘l qalb amri bilan cho‘lga kelib, uni chekintirgan, elim deb, yurtim deb yonib mehnat qilgan, kunlarni tunlarga, tunlarni kunlarga ulab peshona turi to‘kkan  turli millat va elat vakillarining qo‘l kuchi bilan bugun ko‘zlarga, dillarga zavq beruvchi bir diyorga aylandi.

Gap cho‘lquvarlar haqida ketadigan bo‘lsa, eng avvalo, cho‘lni bo‘stonga aylantirganlardan biri, mirishkor dehqon, dongdor paxtakor, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ajoyib tashkilotchilaridan biri, elimizning asl farzandi Qinabek Ukubaevning nomini katta hurmat va faxr bilan tilga olamiz.

Qinabek Ukubaev viloyatimizning hozirgi Sayxunobod tumanida tavallud topdi. U ota-onasining orzu -umidlarini ro‘yobga chiqardi, chuqur bilim egasi bo‘ldi, haqiqiy mehnatkash inson bo‘lib etishdi. Paxtachilik brigadasiga etakchilik qilganda ham, qishloq Kengashi raisi lavozimida ishlaganda ham, Mirzacho‘l tumani ijroiya qo‘mitasining raisi bo‘lganida ham o‘zining mehnatsevar, haqiqatgo‘y, tashkilotchi va eng muhimi, xalqning dardini tushunadigan, uni  bartaraf etadigan, ishlab chiqarishni yuksaltirishga munosib ulushini qo‘shadigan rahbar edi.

Ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgani uchun uning qo‘lida urushga bormaslik haqida bron bo‘lishiga qaramay u 1943 yili ko‘ngilli bo‘lib frontga ketdi. Dushman bilan bo‘lgan ayovsiz janglarda matonat ko‘rsatdi. Uning  keyingi faoliyati xalq xo‘jaligini tiklash, cho‘lda yangi erlarni o‘zlashtirishga sarflandi.  Holdan toygan xo‘jalik-larni oyoqqa turg‘azish, ishlab chiqarishni  yana izga tushirish Qinabek aka singari mehnatda toblangan, oq-u qorani tanigan insonlarning gardaniga tushgandi.

U xo‘jalik raisi, Guliston tumani partiya qo‘mitasining kotibi, tuman ijroiya qo‘mitasining raisi, tuman partiya qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib ishlaganda qishloq xo‘jaligini ravon yo‘lga olib chiqdi, dehqonchilik madaniyatini yuksaltirdi, odamlarning ertangi kunga ishonchini uyg‘otdi.

Qinabek aka Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani partiya qo‘mitasining birinchi  kotibi lavozimida ishlaganda Mizacho‘lda to‘plagan boy hayotiy tajribalarini ishlab chiqarishga qo‘lladi. Tuman qisqa vaqt ichida viloyatning ko‘zga ko‘ringan tumanlaridan biriga aylandi.

1975 yildan boshlab Qinabek aka yana cho‘lquvarlar safiga qo‘shildi. Oqoltin tumanidagi “Mir” paxta tozalash korxonasiga direktorlik qildi. O‘sha yillari, Qinabek aka bilan birga ishlagan ishchilar buni juda yaxshi biladilar, korxona har jihatidan viloyatning ko‘zga ko‘ringan sanoat korxonalari safidan o‘rin oldi. Keyinchalik u “Sardoba” qishloq Kengashini boshqardi. 1988 yildan boshlab so‘nggi nafasiga qadar tumanda yangidan tashkil etilgan “Cho‘lquvar” shirkat xo‘jaligiga raislik qildi.

Bularni aytib o‘tishimizdan maqsad shuki, Qinabek akaning boy hayot yo‘li har birimiz uchun ibrat, shuning bilan birgalikda, katta maktabdir.

Eng muhimi, Qinabek aka Ukubaev qaerda, qaysi vazifada ishlamasin, o‘zining mehnatsevarligi, ishbilarmon-ligi, bilimi, tashkilotchiligi, qolaversa, talabchan rahbar, mehribon ustoz ekanligini namoyish qildi.

Qinabek aka Ukubaevga Mehnat Qahramoni degan yuksak unvon berilgani ana shu fikrlarimizning yaqqol dalilidir.

Bugun nafaqat Sirdaryo vohasida, qo‘shni viloyatlarda ham uning turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yuzlab, minglab shogirdlari bor. Ular ustozning pand-u nasihatlariga amal qilib, uning boy hayotiy va ishlab chiqarish tajribalarini amalda qo‘llab, mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘zlarining barakali ulushlarini qo‘shib kelmoqdalar.  Bugungi xotira kunida  Qinabek aka Ukubaevning bir nechta shogirdlari  ishtirok etayotganliklari ham ularning ruhini shod qilishi, shubhasiz.

Biz, sirdaryoliklar, ayniqsa, Oqoltin tumani xalqi Qinabek Ukubaevdek yurtdoshimiz borligidan haqli ravishda faxrlanamiz.  U yashab, mehnat qilgan posyolka markaziga qo‘yilgan byust unga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz, hurmatimiz ramzidir.

Qolaversa,  mehnatkash oqoltinlik-larning Qinabek aka Ukubaevning muzeyini tashkil qilish haqidagi tashabbuslaridan behad quvonganimiz-ni va uni qo‘llab-quvvatlaganimizni mamnuniyat bilan qayd qilmoqchiman. Bu ham xalqimizning yaxshi mehnat qilgan, halol yashagan, ishi bilan hayoti barchaga namuna bo‘lgan insonga chuqur minnatdorchilik belgisidir.

Bu muzey nafaqat sirdaryoliklar-ning, viloyatimizga kelgan aziz mehmonlarning ham tashrif buyura-digan muqaddas joylaridan biriga aylanib qoladi.

Bu muzey xalqimizning bebaho mulkiga aylanadi. Hali bu erga yuzlab, minglab farzandlarimiz kelib, muzeyni tomosha qilib, Mirzacho‘lni o‘zlashtirgan haqiqiy cho‘lquvarlarning hayoti va mehnat faoliyatlari bilan tanishadilar. Katta avlodning  ne mashaqqatlar evaziga bugungi porloq hayotimiz yaratilganiga guvoh bo‘ladilar. Bu muzeyning ana shunday tarbiyaviy ahamiyati katta.

 Hurmatli tantana qatnashchilari!

 Bugungi tadbirimizga Respublika baynalmilal markazi vakillari, Qozoq milliy-madaniy markazi faollari ishtirok etmoqdalar.

Xalqaro qozoqlar kengashi mas’ullari davramizning to‘ldirib turishibdi. Ularga “Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumaniga xo‘sh kelibsiz!” deymiz.

Yana bir karra barchalaringizni viloyatimiz madaniy  hayotida ro‘y berayotgan katta yangilik – “Qinabek Ukubaev muzeyi”ni ochilishi munosabati bilan samimiy tabriklayman. Barchalaringizga baxt va saodat, uzoq umr tilayman.

E’tiborlaringiz uchun katta rahmat.

 

932

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Sentabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Avg    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×