Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 4

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Qishloq va suv xo’jaligi masalalari kotibiyati

Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari

 

  • qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o’zgartirishni ta’minlash;
  • qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni tizimli va kompleks o’rganishni tashkil etish;
  • fermerlik harakati monitoringini ta’minlash va uning rivojlanishini tahlil etish;
  • dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg’or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko’rish, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar, bo’g’inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;
  • suv xo’jaligi kompleksida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o’rganishni tashkil etish;
  • qishloq xo’jaligini, suv xo’jaligini va o’rmon xo’jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko’rish;
  • chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug’lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko’rsatish tarmog’ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
  • ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini etishtirish, tirik pilla etishtirishni ko’paytirish;
  • tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;
  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini  amalga oshirish;
  • yerdan foydalanish va atrof muhit muhofazasi sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o’rganishni tashkil etish;
  • yer resurslari, ekologik vaziyat monitoringini ta’minlash va yer resurslaridan oqilona foydalanilishini tahlil qilish, tabiatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish;
  • yerdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
  • yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish bo’yicha davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, yer tuzish va yer monitoringi, tuproqni saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, yerdan foydalanishda bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Kotibiyat o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

  •          o’z vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni to’plash va umumlashtirish;
  •          tegishli tarmoqlarda va hududlarda ishlarning ahvolini o’rganish hamda viloyat hokimi va uning o’rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlash;
  •          tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib borish;
  •          O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
  •          tegishli tarmoq va sohalar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash;
  •          viloyat hokimi (tegishli o’rinbosar) ko’rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlash;
  •          viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ekspertiza-sini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;
  •          viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish;
  •          o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo’jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  •          viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  •          jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularda qo’yilgan masalalarni hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish.
  • Kotibiyat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.

 

Rahbar: Vakant

Telefon: 0 (367) 235 10 13

E-mail: qishloqsuv@sirdaryo.uz

Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi 60-uy

Ustuvor vazifalar (DOC, 100 kb)

Kotibiyat NIZOMI (DOC, 72 kb)

Kotibiyat NIZOMI (PDF, 164 kb)

Viloyat hokimligi, shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparatlari to`g`risidagi na’munaviy nizomlarni tasdiqlash haqida (PDF, 263 kb)

1 006

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Oktabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Sen    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×