Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 9

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari kotibiyati

Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari:

 

  • jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sog’lig’ini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish;
  • huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;
  • huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
  • huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
  • huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
  • jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yo’li bilan qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni to’plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo’lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog’liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
  • ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;
  • demokratik o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo’naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish, jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining ahamiyati to’g’risida aholini, ayniqsa yoshlarni keng xabardor qilish, shuningdek eng avvalo, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga manzilli yordam berish, ish bilan ta’minlash, odamlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirishda mahallalarning faoliyatini har tomonlama yoritish bo’yicha tizimli ishlarni ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tashkil etish;
  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kengashning samarali faoliyatini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig’inlariga qonunchilikda berilgan vakolatlarini ro’yobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etish;
  • fuqarolar yig’inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyatini takomillashtirishga ko’maklashish;
  • O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat bo’limiga uning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko’rsatish sohalarida ko’maklashish;
  • fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini, kasbiy va boshqaruv ko’nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kursi faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash;
  • fuqarolar yig’inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda fuqarolar yig’inlariga davlat organlarining ko’maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloqa vositalari bilan ta’minlash;
  • fuqarolar yig’inlari ishlarini tizimli tahlil qilish, shu jumladan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining viloyat bo’linmasi bilan o’zaro hamkorlik qilish imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati sohasida qonunchilikni va huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;
  • har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish;
  • yosh avlodning huquqiy savodxonligini va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek yoshlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga yo’naltirilgan ishlarni tashkil etish;
  • yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalalarini hal qilish;
  • iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish, jismoniy sog’lom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash;
  • uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilg’or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ta’lim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
  • madaniyat va san’atni rivojlantirish, milliy madaniy va ma’naviy merosni ehtiyotlab asrash va ko’paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o’sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek madaniyat, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samarador-ligini oshirishni muvofiqlashtirish va takliflar ishlab chiqish.
  1. Kotibiyat o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
  • o’z vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni to’plash va umumlashtirish;
  • tegishli tarmoqlarda va hududlarda ishlarning ahvolini o’rganish hamda viloyat hokimi va uning o’rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlash;
  • tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib borish;
  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
  • tegishli tarmoq va sohalar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash;
  • viloyat hokimi (tegishli o’rinbosar) ko’rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlash;
  • viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ekspertiza-sini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;
  • viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish;
  • o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo’jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularda qo’yilgan masalalarni hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish.
  • Kotibiyat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.

Rahbar: Boqiyev Farhod Esonovich

Telefon: 0 (367) 225 80 00

E-mail: mamuriy@sirdaryo.uz

Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi 60-uy

Ustuvor vazifalar (DOC, 135 kb)

Kotibiyat NIZOMI (DOC, 94 kb)

Kotibiyat NIZOMI (PDF, 187 kb)

Viloyat hokimligi, shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparatlari to`g`risidagi na’munaviy nizomlarni tasdiqlash haqida (PDF, 263 kb)

1 066

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Dekabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Noy    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×