Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 8

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari kotibiyati

Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari

  • a) sanoatni rivojlantirish sohasida:
  • hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo’shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo’jaligi xomashyosini sanoat yo’li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
  • mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;
  • viloyatda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo’llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;
  • b) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida:
  • shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
  • kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o’rganilishini tashkil etish;
  • pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • kapital qurilishda, muhim xalq xo’jaligi ob’ektlari qurilishida, shu jumladan litseylar va kollejlar qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni ta’minlash hamda ahvol va vaziyatni tahlil qilish;
  • kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
  • qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xo’jalik munosabatlariga bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
  • loyihalash va qurilish ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda tanlov savdolari tashkil etish darajasini oshirish;
  • qurilishni tashkil etishning asosiy shakli sifatida ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda barpo etishga o’tishni ta’minlash, qurilish faoliyatida shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
  • v) qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati sohasida:
  • qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o’rganilishini tashkil etish;
  • qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni ta’minlash va ishlarning ahvolini tahlil qilish;
  • qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini ta’minlash;
  • qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida bozor printsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohalarda xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
  • qurilish materiallarining ilg’or turlarini ishlab chiqarishni o’zlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
  • g) muhandislik va yo’l-transport kommunikatsiyalari sohasida:
  • muhandislik va yo’l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, transport xizmati ko’rsatishni yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o’rganilishini tashkil etish;
  • transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini ta’minlash hamda tahlil etish va ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
  • transport sohasining faoliyat ko’rsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
  • yo’lovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va uni oqilona tashkillashtirish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat ko’rsatish vazifalari hal etilishini tashkil etish;
  • transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning o’zaro hamkorligini ta’minlash;
  • d) kommunal xo’jaligini isloh qilish va rivojlantirish sohasida:
  • ko’rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarining bajarilishini ta’minlash;
  • aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo’jaligini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • kommunal xizmat ko’rsatish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o’rganishni tashkil etish;
  • kommunal sohada monitoringni ta’minlash, ushbu sohadagi ahvol va vaziyatni tahlil etish, kommunal xizmat ko’rsatishdagi sifat o’zgarishlarini va uni rivojlantirish tendentsiyalarini baholash;
  • davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kommunal xizmat ko’rsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xizmat ko’rsatish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini ijro etish bo’yicha faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
  • iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va kommunal xizmat ko’rsatish tizimini rivojlantirishga doir vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;
  • kommunal xizmat ko’rsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • e) yoqilg’i-energetika kompleksi sohasida:
  • iqtisodiyot tarmoqlari va viloyat aholisini yoqilg’i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashni o’rganish va takliflar tayyorlash;
  • yoqilg’i-energetika kompleksini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
  • yoqilg’i-energetika kompleksida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
  • j) qora va rangli metallar chiqindilarini tayyorlash va davlatga topshirish bo’yicha belgilangan topshiriqlar va rejalarning bajarilishini nazorat qilish.

 

  • Kotibiyat o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
  •          o’z vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni to’plash va umumlashtirish;
  •          tegishli tarmoqlarda va hududlarda ishlarning ahvolini o’rganish hamda viloyat hokimi va uning o’rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlash;
  •          tegishli tarmoqlarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish monitoringini olib borish;
  •          O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
  •          tegishli tarmoq va sohalar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash;
  •          viloyat hokimi (tegishli o’rinbosar) ko’rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlash;
  •          viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ekspertiza-sini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;
  •          viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish;
  •          o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo’jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  •          viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
  •          jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularda qo’yilgan masalalarni hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish.
  • Kotibiyat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.

 

Rahbar: Xojimurotov Abdug’affor Tillaboyevich

Telefon: 0 (367) 235 01 43

E-mail: qurilish@sirdaryo.uz

Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi 60-uy

Ustuvor vazifalar (DOC, 73 kb)

Kotibiyat NIZOMI (DOC, 82 kb)

Kotibiyat NIZOMI (PDF, 165 kb)

Viloyat hokimligi, shahar va tuman hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g'risidagi na’munaviy nizomlarni tasdiqlash haqida (PDF, 263 kb)

776

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Aprel 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Mar    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×