Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari
- mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;
- davlat organlarining viloyatda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
- davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
- “Haj” va “Umra” tadbirlarini o’tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
- ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo’naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g’oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
- millatlararo totuvlikni va diniy bag’ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;
- millatlararo do’stlik tamoyillarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag’batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko’rish;
- O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasining, O’zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko’maklashish.
Kotibiyat o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- o’z vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha axborotlarni to’plash va umumlashtirish;
- tegishli sohada va hududlarda ishlarning ahvolini o’rganish hamda viloyat hokimi va uning o’rinbosari uchun tegishli materiallarni tayyorlash;
- O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
- tegishli soha bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini ta’minlash;
- viloyat hokimi (tegishli o’rinbosar) ko’rib chiqishi uchun tahliliy, ma’lumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlash;
- viloyat hokimligiga kiritilgan hujjatlar loyihalari ekspertiza-sini amalga oshirish va ularni ishlab chiqish, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlash;
- viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar tomonidan o’tkaziladigan yig’ilishlarga materiallar tayyorlash va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirish;
- o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xo’jalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- viloyat hokimi va tegishli o’rinbosar boshchilik qiladigan tegishli komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo’mitalar ishi samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- kotibiyat mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularda qo’yilgan masalalarni hal etish bo’yicha takliflar tayyorlash, ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini nazorat qilish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish.
- Kotibiyat qonunchilik hujjatlariga va viloyat hokimining hujjatlari (topshiriqlari)ga muvofiq boshqa ishlarni amalga oshiradi.
Rahbar: Nazirqulov Rahmonqul
Telefon: 0 (367) 235 03 71
E-mail: jamoat@sirdaryo.uz
Manzil: Guliston shahri, Mustaqillik ko`chasi 60-uy
Ustuvor vazifalar (DOC, 72 kb)